Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ular o’z login va parollarini kiritadilar. Login va parol kiritilganidan so’ng, hisobga
olish yozuvini «
tasdiqlash
» yoki «
faollashtirish
»
uchun minimal narxdagi SMS
jo’natish so’raladi. Shunday qilib, firibgarlar nafaqat abonentlar hisob
raqamlaridagi mablag’larni yechib oladilar, balki ularning
login va parollarini
bilgan xolda ular nomidan o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni jo’nata ham
oladilar. Masalan, «
Tekinga firma nomidan kattagina sovg’a olishingiz uchun
bizga 10 dollar yuboring
», «
Firma tashkil etayotgan lotoreyada ishtirok etish va
kompyuter yutib olish uchun 5 dollar yuborishingiz kifoya qiladi
», «
Kompaniya
tashkil etayotgan gumanitar tadbirda ishtirok etish uchun 1 dollar yuborishingiz
mumkin
» va boshqalar. Virus bilan zararlangan dasturlarni yuklab olish va ishga
tushirish uchun foydalaniladigan asosiy mavzular jumlasiga ijtimoiy saytlardagi
qo’shimcha funktsiyalar (
sovg’alar, VIP-kirish va boshqalar
) ni,
telefondan SMS
ma’lumotlarni o’qib olishni, VKontakte dagi reytingni oshirish, mobil telefon
egasining telefoni nomeridan uning qaerdaligini (
manzilini
) bilib olish kabi
qiziqarli takliflarni ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ilovaga o’tilgan
zahoti
foydalanuvchining kompyuteri virusli dasturni avtomatik ravishda ishga tushirib
yuboradi. Bunday viruslar bilan zararlangan foydalanuvchilarga maslahat sifatida
ko’rsatilgan resurslarga kiriladigan parollarni darhol o’zgartirishni xamda antivirus
bazalari yangilangan antivirus dasturlar ishlatishni boshlashni tavsiya qilish
mumkin.
Shuni ham aytish kerakki, ommaviy saytlarning resurslari hech qachon
tizimda qayd qilingan foydalanuvchidan yana bir marta qo’shimcha avtorizatsiya
qilinishni so’rashi mumkin emas. Biz yuqorida ko’rsatgan kabi pul to’lab, SMS
jo’natish orqali avtorizatsiya qilish amaliyoti esa hech qanday ommaviy elektron
resurslarda mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: