Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tubdan takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ning 7-bo’limida belgilangan
"Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsion markazi qoshida blokcheyn
texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish
shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar
salohiyatini
oshirish
hamda
mahalliy
dasturchilarni
tomonidan
ushbu
texnologiyani o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida Taqsimlangan reestr
(
blokcheyn)
texnologiyalari bo'yicha vakolatlar Markazi yaratish ko’zda tutilgan.
Markaz faoliyati bo’yicha hujjatda (
kontseptsiyada
) tashkil etilayotgan markaz
faoliyatining asosiy yo’nalishlari, maqsadlari,
vazifalari, tamoyillari va
faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari batafsil bayon etilgan. Ushbu
loyihani amalga oshirish uchun mas'ul ijrochilar bo’lib O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi,
Mirzo
Ulug'bek innovatsion markazi va boshqa manfaatdor idoralar hisoblanadi. Hujjatda
(
kontseptsiyada
) quyidagi atama va aniqlanuvlar qo’llanilgan:
taqsimlangan reestr (blokcheyn)
- axborotni o’zida jamlagan, muayyan
qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat).
Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli
xil kompyuterlarda (
qurilmalarda
) saqlanadi.
vakolatlar markazi
- tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi
yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting,
servis hizmatlari va professional hizmatlarni ko'rsatishdir.
Markaz tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
taqsimlangan reestr (
blokcheyn
) texnologiyasining
imkoniyatlaridan
foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish;
taqsimlangan reestr (
blokcheyn
) texnologiyasi sohasida milliy kadrlar
salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash;
ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiquvchilarni
qo'llab-quvvatlash;
davlat boshqaruvi hizmatlarining sifatini yaxshilash,
idoralararo ish olib
borish samaradorligini oshirish, boshqa davlat vakolatlari bo’yicha
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn
texnologiyalarini joriy etish.
Taqsimlangan
reestr
texnologiyalari
(
blokcheyn
) bo’yicha vakolatlar
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish
uchun normativ-huquqiy va
me'yoriy bazani takomillashtirish;
Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun
tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish;
Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga
yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;
Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;
Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va
kompaniyalar reestrini yuritish;
Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini
oshirish;
Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining
taqsimlangan
reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini
oshirish;
Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan
foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish;
Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini
o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni
amalga oshirish.
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi
milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda
yuqori
texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish
maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish,
yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat.
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan: