Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Kraudsorsing ham ishlab chiqarish modellari va iste’mol
modellarining
o’zgarishiga olib keldi. Kompaniyalar bir qancha hollarda ba’zi bir ishlab chiqarish
funktsiyalarini „
jamoa
“ga berishga harakat qiladilar. Bundan maqsad, mahsulot va
xizmatlarning kelajakdagi iste’molchilarini ishlab chiqarishga jalb qilishdir.
Masalan, keyingi paytlarda ochiq kodli dasturiy ta’minot (
open source
)
mahsulotlari ancha ommabop bo’lib borayapti. Kraudsorserlarning o’zlari ham
qo’shimcha iste’mol talabining katalizatorlari bo’lib bormoqdalar. Xuddi shuning
uchun ham marketing sohasidagi olim va mutaxassislar kraudsorsingni mahsulot
va xizmatlarning reklama qilishning bir usuli sifatida tan olmoqdalar.
Kraudsorserlar tomonidan tashkil qilingan
Waze
navigatsion
ilova kartasi kabi
yangi servislar paydo bo‘lib, uning kontentini foydalanuvchilarning o’zlari
yaratmoqdalar. Bu ilova yo’llardagi va trassalardagi xolatni real vaqt rejimida
kuzatish imkonini beradi hamda boshqa foydalanuvchilarni yo’llardagi joriy
holatdan – yo’l
xolati va sharoit qanday, to’siqlar bormi, tirbandlik va boshqalar
haqida habardor qiladi. Albatta barcha kompaniyalarni kraudsorsing modeliga
o’tkazib bo’lmaydi, ammo barcha kompaniyalar
uchun alohida masala va
muammolarni kraudsorsing texnologiyasidan foydalangan xolda hal qilish
mumkin. Agarda kraudsorsingni „
jamoaviy ong
“ deb atasak, kraudfondingni
„
jamoaviy
“ hamyon deb atashimiz mumkin bo’ladi.
Kraudfonding turli xildagi
loyixalarni amalga oshirish uchun moliyaviy mablag’lar yig’ishning jamoaviy
usuli bo’lib, barcha turdagi va o’lchamdagi kompaniyalar tomonidam qo‘llanilishi
mumkin. Rossiya bozoridagi kraudfonding platformalariga misol qilib,
Dostları ilə paylaş: