Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
KIRISH
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham,
davlat va
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati
bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi
prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning
rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi:
“
Мамлакатимизда илм-фанни
янада равнақ топтириш, ёшларимизни чуқур билим, юксак маънавият ва
маданият эгаси этиб тарбиялаш, рақобатбардош иқтисодиётни
шакллантириш борасида бошлаган ишларимизни жадал давом эттириш ва
янги, замонавий босқичга кўтариш мақсадида мен юртимизда 2020 йилга
“Илм, маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили
”, деб ном
беришни таклиф этаман”.
Undan
tashqari,
O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “
Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
”gi
Farmonini
ijro etish borasida
1
,
shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni
davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni
jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31
avgustda raqamli
iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “
O’zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
” Qaror qabul qildi, hamda O’zR
Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “
O’zbekiston Resbublikasida raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
”gi qarorlarini ham shu
tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim
vazifalar deb ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya
qilish uchun kriptoaktivlar
aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt,
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “
Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
”gi
Farmoni
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish,
sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek,
blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida
amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar,
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va
tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida
halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish
va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik
mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish
uchun huquqiy baza yaratish
2
.
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli
iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tushunchalari nimalardan iboratligini
pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli
va jozibali raqamli
iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval,axborotlashgan jamiyat va u
bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib
chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu o’quv qo’llanmada aks
ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi.
Qisqa va lo’nda qilib aytganda,
raqamli iqtisodiyot
– bu jamiyat ne’matlarini ishlab
chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning
xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli
tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu
rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot
2
Dostları ilə paylaş: