ularga o‗zbek shaxmatining oltin avlodi deya baho bermoqda. Bu bejiz emas. 2017 yili Nodirbek Abdusattorov jahonning eng yosh grossmeysteri nomiga sazovor bo‗lgan bo‗lsa, Javohir Sindorov ushbu rekordni yangiladi .
O‗shanda Nodirbek Abdusattorov 13 yoshu 1 oyligu 11 kunlik bo‗lganida xalqaro grossmeyster darajasiga erishib, shaxmat tarixida rossiyalik Sergey Karyakindan so‗ng ikkinchi natijani qayd etgan edi. Shu yil yozda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 12 yosh 10 oylik va 13 kunlik bo‗lganida shunday unvonga erishib, Nodirbekni 3-o‗ringa tushirib qo‗ygan edi. Biroz o‗tib esa eng yosh payti xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‗lganlar ro‗yxatida 2-o‗ringa yana O‗zbekiston vakili ko‗tarildi. Iste‘dodli shaxmatchimiz Javohir Sindorov 12 yoshu 10 oylik bo‗lganidan 7 kun o‗tib, ya‘ni 15 oktyabr kuni uchinchi bor xalqaro grossmeyster normasini bajardi! 2017 yili Nodirbek Yoqubboyev Sankt-Peterburg shahrida bo‗lib o‗tgan Mixail Chigorin xotirasiga bag‗ishlangan xalqaro turnirda 300 nafar shaxmatchi (20 nafari xalqaro grossmeyster) ishtirok etgan blis musobaqasida 1-o‗ringa sazovor bo‗ldi. Shamsiddin Vohidov – o‗zbek shaxmati tarixida jahon chempioni bo‗lgan 4 shaxmatchidan biridir (Ibrohim Hamroqulov – 1998 yil, 16 yoshgacha o‗smirlar o‗rtasida; Rustam Qosimjonov – 2004 yil, olimpiya tartibida o‗tkazilgan jahon chempionatida; Nodirbek Abdusattorov – 2012 yil, 8 yoshgacha bolalar o‗rtasida; Shamsiddin Vohidov – 2015 yil, 14 yoshgacha o‗smirlar o‗rtasida). Terma jamoamizning yana bir vakili – Sitora Saparova ham bir necha marotaba O‗zbekiston va Osiyo chempioni bo‗lgan iqtidorli shaxmatchi xisoblanadi.