shaxmat ko‗rsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yo‗lga qo‗yildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda g‗olib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat bo‗yicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy A‘zamov esa O‗zbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster bo‗ldi (1984).
XX-asrning 90-yillaridan O‗zbekiston shaxmatida yuksalish boshlandi.
Erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-o‗rinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida g‗alaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov o‗smirlar o‗rtasida jahon birinchiligida g‗olib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) bo‗ldi. Georgiy A‘zamov
Yurtimiz shaxmatchilari tamonidan xalqaro miqyosidagi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda, jumladan, 2018 yilda Turkiyaning Ko‗nyo shahrida 16 yoshgacha o‗smirlar o‗rtasida jahon shaxmat olimpiadasi O‗zbekiston terma jamoasining yorqin g‗alabasi bilan tugadi. Grossmeyster Saidali Yo‗ldoshev murabbiyligida Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya singari bir qator shaxmat rivojlangan davlatlar terma jamoalarini mag‗lub etgan yoshlarimiz olimpiada chempioni bo‗lishdi. Ta‘kidlash joizki, bu mamlakatimiz shaxmati tarixidagi ilk olimpiada oltin medalidir! Terma jamoa a‘zolari – Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov 5-6 yildan buyon xalqaro musobaqalarda ketma- ket muvaffaqiyatlari bilan nafaqat yurtimiz, balki xorijlik mutaxassislarning ham e‘tirofiga sazovor bo‗lib kelmoqda. Ko‗pchilik mutaxassisu muxlislar