Hindistondagi sensatsiya. O‗zbekistonlik
shaxmatchilarning g‗oliblik sari yo‗li
O‗zbekiston shaxmatchilari tarixda ilk marta olimpiada
chempioni bo‗lishdi.
Shaxmat
bo‗yicha
O‗zbekiston
milliy
jamoasi
Hindistonning Chennay shahrida o‗tkazilgan shaxmat
olimpiadasida birinchi o‗rinni egalladi. Bungacha
nufuzli turnirdagi eng yaxshi natija uzoq 1992 yilda
qo‗lga kiritilgandi – kumush medal. Shaxmat
olimpiadasi o‗zi qanday musobaqa, unda kimlar
ishtirok etadi, favoritlar qaysi jamoalar edi, sensatsiya
taqdim
qilgan
yosh
shaxmatchilarimiz
qanday
natijalarni ko‗rsatishdi, quyida shular haqida
.
Bu
yil(2022yil)
shaxmat
olimpiadasi
44-marta,
Hindistonda esa birinchi marta o‗tkazildi. Unda 186
mamlakatning 188 ta jamoasi ishtirok etdi. Hindiston
mezbon sifatida uchta jamoa bilan qatnashdi. Ayollar
turnirida esa 160 mamlakatning 162 jamoasi
(Hindistondan yana uch jamoa) ishtirok etdi.
Shaxmatchilarning umumiy soni – 1736 nafar.
Shaxmat olimpiadasi tarixi
Shaxmat olimpiadasi 1950 yildan boshlab
har ikki yilda bir marta o‗tkazib kelinmoqda.
Eng ko‗p oltin medalni SSSR shaxmatchilari
qo‗lga kiritgan – 18 ta. Keyingi o‗rinlarni
AQSh (6), Rossiya (6), Vengriya (3),
Armaniston (3), Ukraina (2), Xitoy (2),
Yugoslaviya (1), Polsha (1) va Germaniya (1)
egallab turgandi. Endi ularning qatoriga
O‗zbekiston ham qo‗shildi.
Dostları ilə paylaş: |