ishlari agentligi direktori, shaxmat federatsiyasi raisi A.Sa‘dullayev, federatsiya raisining birinchi o‗rinbosari X.Turdaliyev hamda chempion shaxmatchilar – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov hamda ularning ota- onalari ishtirok etgan.
O‗YIN QOIDASI. TAXTA VA SIPOHLAR NOMLANISHI Shaxmat o‗yini ikki kishi o‗rtasida o‗ziga xos aql-idrok musobaqasi bo‗lib, ushbu musobaqa shaxmat taxtasida sipoh surish orqali amalga oshiriladi. Ikki raqib o‗yinchilar o‗yin qoidalariga rioya qilgan xolda imkon qadar tezroq raqib shohini mot qilish va shu bilan o‗z shohini hujumdan himoyalanishidir. Shaxmat taxtasi kvadrat shaklida bo‗lib, u 64 ta kichik kvadratlardan iborat. Kichik kvadratlar yarmi oq va qolgan yarmi qora ranglarga bo‗yalgan. Shaxmat taxtasini kitob, jurnal yoki gazetalardagi bosilgani diagramma deb ataladi. Shaxmat diagrammasidagi vertikal qatorlar 1 dan 8 gacha raqamlangan, gorizontal qatorlar esa lotin alifbosining birinchi harflari: a (a), b (be), c (se), d (de), е (ye), f (ef), g (je), h (ash) bilan belgilangan. 64 katakning har biri o‗z nomiga ega. Ular vertikal raqam va gorizontal harf bilan ifodalanadi (1-diagramma).
Demak, oq ruxlar terilgan, burchakdagi xonalar a1 va h1, qora ruxlar terilgan