chempionati tashkil etdi. 2000 yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov o‗rtasida o‗tkazilgan musobaqada Kramnik g‗alaba qozondi va jahon chempioni, deb e‘lon qilindi. FIDE shaxmatdagi bo‗linishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
O‘ZBEKISTONDA SHAXMATNING RIVOJLANISHI
O‗zbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (I – II asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da o‗tkazilgan tadqiqotlar chog‗ida VII – VIII asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. IX asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu o‗yinning rivojlanishida O‗rta Osiyo xalqlari muhim rol o‗ynagan. Abu Rayhon Beruniyning ―Hindiston‖, Abdurazzoq Samarqandiyning ―Matlai sa‘dayn va majmai bahrayn‖, Alisher Navoiyning ―Majolis un nafois‖, ―Lison uttayr‖, Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli ma‘lumotlar bor. Amir Temur davrida kuchli shatranjchilar Samarqandda to‗planishgan. Tabrizlik Ali ash Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda o‗tkazilgan musobaqalarda g‗olib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga o‗zining va XIV asrgacha O‗rta Osiyoda yashagan ko‗plab oliya (grossmeyster)larning