37
Yuqorida keltirilgan elektron kitoblar tasnifi yagona emas. Masalan,
elektron kitoblarda saqlanuvchi axborot turi: matnli kitoblar, statik
rasmlar, berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, "gapiradigan"
kitoblar, multimedia- kitoblar, gipermedia- kitoblar, telemedia- kitoblar
va kibernetik kitoblarga ko‗ra tasnif qilish taklif etilgan edi.
So‗nggi ikki kitobning istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir.
Telemedia- kitoblar
masofadan turib o‗qitadigan taqsimlovchi interaktiv
tizimni qo‗llab-quvvatlash uchun telekomunikatsiya imkoniyatlaridan
foydalanadi.
Kibernetik- kitoblar
ham matematik modellash vositalarini
o‗zida saqlaydi va shu bois bayon etilgan hodisalar va ob‘ektlarni har
tomonlama o‗rganish hamda tadqiq etish imkoniyatini o‗quvchiga
taqdim etadi.
Kompyuter dasturi yordamida o‗qitish og‗zaki nutqni tinglash va
talaffuzni nazorat etish uchun videokasseta va audiokassetadan,
shuningdek, grammatika qoidalari berilgan ikki o‗quv qo‗llanmasidan
foydalanilgan holda to‗ldiriladi. O‗z-o‗zini nazorat qilishning bunday
usuli o‗qitish jarayoni samaradorligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: