52
mutaxassislik faoliyatida qanday o‗rin tutishi va ahamiyatiga, uni
o‗zlashtirish metodlariga qaratiladi.
3.
Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi —
tinglovchilarda bilmaganini
bilishga qiziqish uyg‗otadi. Mantiqiy flkrlash va o‗z fikrini
asoslashga o‗rgatadi.
4.
Bilim berish, o‗rganayotgan fan bo‗yicha axborot olish,
olgan
axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtirishga o‗rgatish.
5.
Metodologik - ma'ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi,
qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.
6.
Talabalarga tarbiyaviy ta'sir ko‗rsatish. Ularni axloqiy, ma'naviy
jihatdan barkamol bo‗lishi,
mehnatga munosabati, ijtimoiy-
psixologik xislatlarini shakllantirish.
Ma'ruzada darsni uch kursga bo‗lish mumkin:
1. Kirish.
Avvalgi ma'ruzada nimalar o‗rganilgan, uning
natijaisi nimalar bilan bog‗liq, bugungi
darsga qanday maqsad
ko‗zlanyapti? Avvalo dars ilgarigi mavzu bilan bog‗lanadi. Keyin
mavzu e'lon qilinadi. Ma'ruza rejasi, mustaqil o‗qish uchun asosiy va
qo‗shimcha adabiyotlar ro‗yxati tavsiya
etiladi.
Mavzuni
o‗rganishdagi asosiy termin, tushunchalar,
mustaqil ravishda
bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi.
2. Asosiy kurs.
Bu kurs ma'ruza rejasiga ko‗ra tanlangan dars
o‗tish metodlarini qo‗llagan holda o‗tkaziladi. Tinglovchilarga
mo‗ljallangan axborotlar yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: