53
ma'noda talqin etiladi. Amaliy mashg‗ulot keng ma'noda seminar
(uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda
ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg‗ulotning shakllaridan biri
bo‗lib:
•
ma'ruzada
bayon
qilingan
nazariy
qonun-qoidalarni
mustahkamlash;
•
fan bo‗yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
•
talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o‗stirish
vazifalarini bajaradi.
Seminar
darsi
talabalarni
bilim
olishlari,
uni
puxta
o‗zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda
qo‗llashlarida alohida o‗rin tutadi. Shuning uchun ham seminar
darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta'minlaydigan
metodlarni qo‗llab o‗tish, muhim ahamiyatga ega. Ma'ruzada odatda
bayon qilish yetakchi rol o‗ynaydi. Talabalar ma'ruza tinglashda
passiv rol o‗ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bolishadi.
Darsda turli metodlarni qo‗llab, ularning faolligini ta'minlash
imkoniyati keng. Ma'ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa,
seminar darsi dialog asosida olib boriladi. Odatda, seminar darsida
talabalarning bilimi, o‗z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazorat
qilinadi. Seminar (lot. seminariym - manba, ko‗chma ma'noda -
maktab) - o‗quv amaliy mashg‗ulot shakllaridan biri. Asosan oliy
o‗quv yurtlarida, anjumanlarda qo‗llaniladi.
Seminar darsi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) talabalarga professional ta‘lim berish va tarbiyalash;
2) mustaqil ishlash malakasini o‗stirish;
3) mantiqiy fikrlashga o‗rgatish;
4) nutqini o‗stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o‗rgatish;
5) mustaqil fikr yuritish va o‗z fikrini o‗rtoqlashishga o‗rgatish;
6) o‗rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o‗rgatish;
7) talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;
8) nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‗lash.
Dostları ilə paylaş: