Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati



Yüklə 334,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix14.09.2023
ölçüsü334,87 Kb.
#143337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-mavzu

Axborot savodxonligi
- qaror qabul 
qilish va muammolarni tahlil qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, 
generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo'lgan kompetensiyalar to'plamidir. 
Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar:
Axborot borasida savodxon inson axborot izlash jarayonini o'z vaqtida to'xtatishni ham biladi. 
Mavjud barcha ma'lumotlarni to'plab bo'lmaydi. Axborot borasida savodxonlik yetarli darajada 
ma'lumot to'plangan va hali qayta ishlanmagan ma'lumot manbalari ko'p bo'lishiga qaramasdan, 
olingan yangi ma'lumot o'zlashtirilmaydigan nuqtaga erishilgan paytni aniqlash imkoniyatini 
beradi. Har qanday zamonaviy davlatda axborot hamisha jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea 
va hodisalarni iste'molchiga xolis yetkazib berish va kishilarning ongi, dunyoqarashi
ijtimoiysiyosiy hamda huquqiy madaniyatini shakllantirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilib 
kelmoqda. Ayni paytda shiddat bilan o'zgarib borayotgan globallashuv jarayonida hayotimizning 
biror bir sohasini OAV siz tasavvur qilib bo'lmaydi. hozirda internet ham OAVning bir ko'rinishi 
sifatida talqin qilinmoqda. Internet tarmog'i orqali kun davomida qanchadan-qancha axborotlar 
qabul qilinadi. Internet (International Network- xalqaro kompyuter tarmog'i) bu -vaqt, makon va 
geografik chegaralarning mavjudligiga qaramay, kompyuter va kichik tizimlarning o'zaro aloqa 
bog'lab global axborot infratuzilmasini shakllantiruvchi butunjahon kompyuter tarmog'idir. 
Globalizatsiya ijobiy jihatlari bilan birga qator jiddiy muammolarni ham tug'dirdi. Ularning 
muayyan qismini "hozirgi davrning global muammolari" deb atash qabul qilingan. Kelib chiqishi


mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko'ra global muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Pedagoglar axborotlashgan jamiyat yoshlari bilan ishlaydilar. Xozirgi yoshlar uchun rakamli 
texnika bilan ishlash muammo emas. Ular kompyuterda yangi imkoniyatlarini muammosiz 
o’rgana oladilar. Faqat ularni o’z-o’zini rivojlantirishning aktiv faoliyatiga undash, o’zligini 
anglash, o’zini ko’rsata bilish, o’zini takomillashtirishga (k samopoznaniyu, samorealizatsii, 
samosovershenstvovaniyu) ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olish ko’nikmalarini shakllantirish 
lozim.
Funksional maksadiga ko’ra har xil dasturiy mahsulotlar axborot resurslari maqomini oldi.
Jamiyatning hozirgi rivoji axborot texnologiyalari sanoatlashgan juda katta intellektual va 
moliyaviy resurlari mavjud bo’lgan strategik yo’nalishga aylantirdi. Hozirgi kunda axborot, 
axborot resurslari va axborotni boshqarish qurollari tushunchalari «

Yüklə 334,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin