Media savodxonlik
– mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha
ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va
funksiyalarini tushunish.
•
Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan
shartsharoitlarni tushunish
•
Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy
baholash
•
Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun
o’zaro hamkorlik qilish
•
Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu jumladan,
AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish
Media savodxonlik
media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish
sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun
medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot
savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan
qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish
bilan bog’liq. Ushbu bir biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy
maktab mavjud. Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida
ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning
tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar.
Ammo YUNESKOning xalqaro
ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning
o’zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
–
Media savodxonlik;
–
Axborot savodxonligi;
–
O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi
–Kutubxona savodxonligi;
–
YAngiliklar savodxonligi;
–
Kompyuter savodxonligi;
Internet-savodxonligi;
–
Raqamli texnologiyalar
sohasidagi savodxonlik;
–
Kinosavodxonlik;
–
Elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi;
–Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.
Mazkur tushunchalar o’rtasida bog’liqlik mavjud. Ularning ko’pchiligi turli xil bahslarga sabab
bo’lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga
qarab turlicha qo’llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida
ko’rsatib o’tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi:
-Media savodxonlik;
–
O’z fikrini erkin
bayon etish;
–
Kutubxona savodxonligi;
–
Yangiliklar (axborot) savodxonligi;
–
Internet-savodxonlik;
–
Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompyuter) savodxonlik (jumladan,
elektron o’yinlardan foydalanish savodxonligi);
–
Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik. Global miqyosda barcha tashkilotlar
mediata’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko’pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik
hamda axborot savodxonligini o’z ichiga oladi. Turli platformalar
konvergensiyasi sharoitida
ushbu ikki yondashuv uyg’unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi. 1.
MAS bo’lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi.
2. MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar
beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun
zarur bo’ladigan, ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish
uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.
3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va
ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: