Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati



Yüklə 334,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix14.09.2023
ölçüsü334,87 Kb.
#143337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-mavzu



MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVALYUTSIYASI HAMDA 
JAMIYATDAGI AHAMIYATI. 
REJA: 
1.
 
Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari. 
2.
 
O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi 
ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati. 
3.Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati. 
4.Axborot olish va foydalanish metodlari. 
5. Xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili. 
 
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no 
birlashgan atama sifatida 
YUNESKO
tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun 
har bir tushuncha o’zagini bilish zarur.
«Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, 
vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi.
Media 
tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va 
ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Bugungi kunda 
media atamasidan OAV yoki mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalaniladi. 
Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida 
insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy 
medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va 
innovatsiyalarni kiritmoqda. Mazkur atamaga aynan shunday tavsif www.edu.jobsmarket.ru 
saytida keltirilgan. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media istilohiga shu tarzdagi tavsiflar 
berilganini ko’ramiz.
«Media
- ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan 
ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga 
yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya 
kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o’zagida aynan ushbu tavsifni 
ko’radi. Shunga qaramasdan, mazkur istilohning tor mazmuni ham mavjud. Ayrim tadqiqotchilar 
mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida aynan OAVni, boshqalari esa – aniq 
axborot tashuvchini nazarda tutadi. Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga 
mutaxassislar bosma nashrlar, elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari 
va, xatto, pochta tarqatmasini, ya’ni, tovar yoki xizmatlar sotuvchisi va iste’molchi o’rtasidagi 
hayotmamot zvenosi funksiyasini bajaruvchi barcha omillarni kiritadi”

Yüklə 334,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin