tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim
samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda
respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayottan iqtisodiy,
tuzilmaviy va boshqa
o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq
muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgach, O’zR FA hay'ati tomonidan Respublikada kibernetika va
axborotlashtirishni rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Akademik
V.Q.Qobulov tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (oldingi Toshkent xalq
xo’jaligi instituti) qoshida Iqtisodiy kibernetika fakulteti ochildi. Ushbu fakultet 30 yil mobaynida
mamlakatimiz iqtisodiyot uchun kibernetika va informatika sohalari bo’yicha ko’plab
yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Ushbu fakultet qoshida matematik modellar asosida
iqtisodiyot muammolarini hal qilish, iqtisodiyotda axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona
foydalanish, zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotga keng tatbiq qilish sohalari bo’yicha
akademik S.S. G’ulomovning, iqtisodiy kibernetika yo’nalishi bo’yicha professor T.Sh.
Shodievning maktablarini tilga olish diqqatga loyiqdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish
jarayonini
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil
8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat Qo’mitasi (FTDYu qoshida Axborotlashtirish bo’yicha
bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat
yo’nalishlari doirasida O’zR FTDK, tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga
yo’naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: