Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati


- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari



Yüklə 334,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix14.09.2023
ölçüsü334,87 Kb.
#143337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-mavzu

80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi.Jaxon axborot tovarlari va xizmatlari 
bozorida AQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Yevropa davlatlari asosiy 
rol o’ynaydi. 
Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va Elektron hisoblash mashinalari va ma'lumotlar 
bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular 
jumlasidandir. O’zR FTDKning Davlat patent idorasida 1995 yil sentyabridan Elektron hisoblash 
mashinalari va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash bo’yicha Agentlik 
ishlab turibdi. Bu idora dasturiy mahsulotlar, shuningdek to’liq yoki qisman mulkiy huquqlarni 
berish shartnomalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazadi. 1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish kontseptsiyasini qabul qildi.
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir: 
Mazkur dasturda Vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog’ini 
yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi 
axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning 
me'yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. Milliy axborot hisoblash 


tarmog’i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish 
asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega axborot hisoblash tarmoqlari 
mujassamlashganligini o’zida namoyon etuvchi ochiq, tizim sifatida yaratilishi lozim. 
O’zbekistanda axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun quyidagi qonunlar 
ham qabul qilindi: “Hududiy axborotlash markazlarida, bosh axborotlash markazlarida axborotni 
muhofaza etish, hamda axborot but saqlanishi uchun mansabdor shaxslar javobgarligi qoidalari” 
(1996), “Axborotlashtirish to’g’risida” (2004), “Elektron raqamli imzo to’g’risida” (2004), 
“Elektron hujjat aylanishi to’g’risida“ (2004),“Elektron tijorat to’g’risida” (2004). Fanlar 
akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari va firmalarda 
kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali 
kadrlar ishlamoqda. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi 
uchun zamonaviy axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalariga keng 
joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, 
davlat muassasalari va xo’jalik sub'ektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun 
axborot xizmatini yo’lga qo’yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta'lim, texnika, ijtimoiy, iqtisodiyot va uni 
boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan, respublikaning jahon 
axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta'minlash kerak. Azaliy tushunchalar ma’no 
qatlami benihoya kengayib borayotgan zamonda yashayapmiz. “Madaniyat” atamasi ham ana 
shunday kengayuv, chuqurlashuv, rang-baranglashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Shaxsiy 
madaniyat, muomala madaniyati, kiyinish madaniyati singari birmuncha tor bo‘lgan mavzular 
bilan cheklanish davri ortda qoldi. Endilikda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, bozor munosabatlari, 
dehqonchilik, tibbiyot, rahbarlik, siyosat va xalqaro munosabatlarning o‘z madaniyati bor, ya’ni 
“madaniyat” tushunchasidan xoli soha, tarmoq, jabha yo‘q. Hatto, har qanday jamiyat o‘zagini, 
demak, taraqqiyot yo‘sinlari umurtqasini madaniyat tashkil etishi isbot talab qilinmaydigan 
haqiqatga aylanib ulgurdi. Buni qarangki, axborotlashgan jamiyat, jamoatchilik bilan aloqalar 
(ommaviy kommunikatsiya) asr muammosi sifatida sertarmoq fan maqomiga ega bo‘la borayotgan 
hozirgi vaqtda axborot madaniyati hayot-mamot masalasi darajasiga ko‘tarildi. Atak-chechak 
qadam -tashlayotgan bolajondan tortib, asrni qaritgan bobo-buvilargacha shu “hayot-mamot” 
iskanjasida deyavering.
Axborot madaniyati mazkur to‘rt bosqichli jarayon ichida eson-omon yashash hamda faoliyat 
yuritishga zamin yaratadi, doimiy yordamchiga aylanadi. Murakkabdan-murakkab, serqatlam 
axborot almashinuv jarayoni sohalar, jamiyatlar, mamlakatlar, mintaqalar va dunyo miqyosida 
keng ko‘lamlarda kechayotganini tasavvur qilib ko‘rsak, so‘z yuritilayotgan mavzuning ham ilmiy, 
ham amaliy ahamiyati naqadar ulkanligi ayonlashadi. Biroq mazkur haqiqatni to‘la anglashga 
tasavvurimiz hamda aql-idrokimiz imkoniyatlari qodirmikan?
Qodir bo‘lmagani uchun ham inson bu qadar mislsiz, zalvorli yukni axborot vositalari zimmasiga 
yukladi. Gazeta, jurnal, kitob, radio, televideniye, telefon, faks, kompyuter, internet, mobil telefon 
sharofati bilan Yer yuzi mo‘jaz “qishloq”qa aylandi-qo‘ydi. Ikki dunyoni bir qadamga aylantirgan 
ham axborot, globallashuv jarayonlari maxraji, ustqurmasi ham axborot. Zamonaviy taraqqiyot, 
farovonligu farog‘atning noni, suvi, havosi ham shu! Sanab o‘tilgan axborot vositalarining ko‘zga 
ko‘rinmas changalidan tashqarida yashayotgan odam yo‘q hisobi. Ularning barchasi oddiy 
turmush tarzining ajralmas zaruratiga, ta’bir joiz bo‘lsa, tanamizning “a’zosi”ga aylanib bo‘ldi.
Shu munosabat bilan g‘oyat qiziq va g‘alati holat vujudga keldi: yakka axborot vositalari, guruh 
axborot vositalari, ommaviy axborot vositalari rivojlangani sayin insonning axborotga bo‘lgan 
ehtiyoji yetarli darajada qondirilmayotgani ma’lum bo‘lmoqda, aksincha, axborot taqchilligi, 


yetishmovchiligi zo‘raygandan zo‘rayib bormoqda. Nega? Sabab nimada? Chindan ham 
shundaymi?
Yangilikka o‘chlik boyagina olingan axborotning o‘sha zahoti eskirishiga olib kelmoqda. 
Hozirgina yuz mashaqqat bilan topgan yangiligimizni to‘la anglab-idrok etib ulgurmasimizdan 
chiqitga chiqaryapmiz. Bir qarashda, buning yomon tomoni yo‘q, ammo har bir yangilik ortidagi 
voqelik yuzasidan chuqur mulohaza yuritish, tosh-taroziga solish hamda hayotiy xulosalar 
chiqarishga bo‘lgan moyillik unutilib bormoqda. “Bu ahvolda internet to‘lqinlarida soat sayin 
“bolalayotgan” nashrlar shu tariqa yengil shov-shuvga o‘ch, shundan narini ko‘zlamaydigan, 
tahlilu mulohazalardan yiroq avlod vakillarini shakllantiruvchi “maktab”larga aylanib 
qolmasmikan?!” degan xavotir ham yo‘q emas.
Ruhiyat bilan bog‘liq yana bir omil avj olayotir. Axborot oqimi shiddati ortgani sayin odamlarda 
individuallashuvga moyillik kuchaymoqda. Deylik, oiladagi ota-ona va uch farzandning har biri 
o‘zi istagan teleko‘rsatuvni tomosha qiladi, o‘zi yoqtirgan radioeshittirishni tinglaydi, ularning har 
birida alohida kompyuter, internet, mobil telefon. Ota o‘qiyotgan gazetaning o‘g‘ilga umuman 
qizig‘i yo‘q, qizi qo‘ldan qo‘ymaydigan suratli jurnalni ona varaqlab ham ko‘rmaydi. Shubhasiz, 
bu holni axborot oqimi hamda vositalari ta’sirida odamlarning yakkalanishi, deb ta’riflash 
mumkin. Ko‘plashib, oila davrasida emas, xonaga qamalib olib, yakka holda kompyuter ekraniga 
termulgancha hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish odati ommalashmoqda.
Bunday yangiliklar milliy oila tutumlari, odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatmasligi mumkin emas. Aytib o‘tilgan axborot vositalarining har biri mo‘jiza, inson 
aqlidrokining mahsuli, ularning har biri bilimni oshirish, dunyoqarashni kengaytirishga xizmat 
qiladi, ularning ta’rifiga til ojiz. Biroq ularning barchasiga milliy-axloqiy qadriyatlarimiz, tafakkur 
va qalb tarbiyasi, qisqacha aytganda, komil inson tarbiyasi mezonlaridan kelib chiqqan holda 
yondashilsa, ko‘p savollar yo‘limizda ko‘ndalang bo‘ladi. Teletomosha hamda radio tinglash 
madaniyati, internet, ayniqsa, mobil telefondan foydalanish madaniyati — barchasini 
umumlashtirib aytganda, axborot madaniyati asri odamlarni chin ma’noda shoshirib qo‘ymoqda. 
Zamonaviy axborot ilmi asoschilaridan bo‘lgan mashhur 

Yüklə 334,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin