13.3. LM - egri chizig‗i va uning tenglamasi LM egri chizig‗i o‗zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari
bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni aks ettiradi.
LM egri chizig‗ining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi
Ms ga teng bo‗ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida
bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R
ko‗tarilsagina erishiladi.
Daromadlarning o‗sishi yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va
buni LM egri chizig‗i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va
daromad o‗rtasidagi munosabatlarni ko‗rgazmali tarzda ifodalaydi.
Daromad darajasi qancha baland bo‗lsa, pulga bo‗lgan talab shuncha
175
yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha
yuqori bo‗ladi.
13.4-chizma. Pul bozoridagi 13.5-chizma. LM egri chizig‗I grafigi muvozanat grafigi LM
egri
chizig‗i
o‗ziga xos: gorizontal va vertikal
konfiguratsiyaga ega. LM egri chizig‗ining gorizontal kesmasi foiz
stavkasi foiz stavkasi R min darajadan pastga tushishi mumkin
emasligini ko‗rsatadi. Egri chiziqning vertikal kesmasi foiz stavkasining
maksimal daraja R max chegarasidan tashqarida hech kim
jamg‗armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli
qog‗ozlarga aylantiradi.
Baholarning o‗zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o‗zgarishlar
LM egri chizig‗ining o‗ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. LM egri
chizig‗i tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan yechib
topiladi.
R ga nisbatan LM egri chizig‗i tenglamasi quyidagicha:
R = (k/h)Y - (1/h) (M/P).
Y ga nisbatan LM egri chizig‗i tenglamasi quyidagicha:
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.
176
k/h koefitsenti LM egri chizig‗ining Y o‗qiga nisbatan og‗ish
burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy
samaradorligi baholaydi.