O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
13.4. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat 
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi 
iqtisodiy muvozanat holatini ko‗rsatadi. 
Bu nuqta o‗zida shunday foiz stavkasi «R‘ ni va daromad darajasi 
«Y‘ ni aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif 
hamda real pul mablag‗lariga bo‗lgan talab va ularning taklifi o‗zaro 
teng bo‗ladi. (29-chizma.)
13.6-chizma. 
IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat 

LM
R* 
IS 
Y* Y
Bu yerda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli 
daromad hajmi. 
IS va LM egri chiziqlarining o‗zaro kesishishi pul taklifi 
investitsiyalar va jamg‗armalarni o‗zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi 
shakllanishi uchun yetarli ekanligini anglatadi. 
IS egri chizig‗i rejalashtirilgan xarajatlarga bog‗liq bo‗lganligi 
uchun uning o‗zgarishi fiskal siyosatidagi o‗zgarishlarni xarakterlaydi. 
LM pul taklifiga bog‗liq bo‗lganligi uchun undagi o‗zgarish monetar 
siyosat tadbirlari natijasini ko‗rsatadi. 


177 
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning 
iqtisodiyotga birgalikda ko‗rsatadigan ta‘sirini baholash imkonini 
beradi. Davlat xarajatlarining o‗sishi yoki soliqlarning kamayishi IS 
egri chizig‗ini o‗ngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va 
soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi 
shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig‗ini o‗ngga, kamayishi 
esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma‘lum makroiqtisodiy natijalarga 
erishishning turli variantlarni ko‗rib chiqish imkoniyatini beradi 
Agar modelda muvozanati LM egri chizig‗ining gorizontal (keyns) 
kesmasida yuzaga kelsa pul massasining ko‗paytirilishi investitsiyalar, 
ishlab chiqarish va bandlilikning o‗sishiga olib kelmaydi. Bunda pul 
taklifining o‗sishi tovarlar bozoriga ta‘sir ko‗rsata olmaydi, chunki pul 
bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday 
vaziyat likvidlilik tuzog‗i nomini olgan. 
Agar IS egri chizig‗i vertikal ko‗rinishda bo‗lsa, ya‘ni 
investitsiyalarga talab foiz stafkasi o‗zgarishiga ta‘sirchan (elastik) 
bo‗lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining 
noaniqligi sababli o‗z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar 
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS 
egri chizig‗i vertikal bo‗lganda LM egri chizig‗ining siljishlari real 
daromad miqdorini o‗gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi 
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi, 
fiskal siyosat esa samarali bo‗ladi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin