181
ko‗proq mahsulotga ega bo‗ladi. Masalan, O‗zbekiston asosan paxta
mahsulotlarini
yetishtirishga
ixtisoslashganligi
uchun
boshqa
mahsulotlarga nisbatan ko‗proq shunga e‘tiborni qaratish lozim. Chunki,
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun respublika
sharoiti paxta yetishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat
va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga
ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o‗zi
ixtisoslashgan sohaga
ko‗proq e‘tiborni qaratishsagina dunyo bo‗yicha ko‗proq mahsulot
ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga
erishish mumkin. Demak, shu yo‗l bilan dunyo aholisining talablarini
maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish
bo‗yicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo‗lmasligi mumkin.
Bu esa
shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni
tug‗diradi. Agar shunday bo‗lsa importni bu mamlakat qaysi mablag‗lar
hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq
ustunlik nazariyasi boshi berk ko‗chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik‘ nazariyasini yanada
mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi
ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va
soliqlar‘ nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko‗chadan olib
chiqadi.
Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini
ta‘minlashda yoki ko‗proq ustunlikka ega bo‗lgan yoxud kamroq
zaiflikka ega bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga
ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunday vaziyatlarda ikki
mamlakat o‗rtasidagi savdo ko‗proq imkoniyatlar olib keladi.
Har bir
mamlakat o‗zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu
orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari
Dostları ilə paylaş: