dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy
ta'sir ko'rsatmoqda. Respublikamizda 2000-yil “Sog'lom avlod"
yili deb e'lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar
"Oila", "Ayollar yili"dagi chora-tadbirlarining mantiqiy davomi
bo'lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog'lom
avlodni shakllantirish yuzasidan ko'plab ijobiy natijalarga
erishildi.
- yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko'rikdan
o'tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi.
- nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning
barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni
skrining ko'rigidan o'tkazish yo'lga qo'yildi.
- bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib
chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Respublikada yosh avlodni ma'naviy jihatdan barkamol
qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko'rik-
tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda.
Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining
XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va
umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan,
farovon oilalarning manfaatlarini ta'minlashda muhim huquqiy
poydevor bo'ladi. Konstitutsiyaga binoan, "Onalik va bolalik
davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda).
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki
davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad
va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila
bolaga ta'sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi.
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina
bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir.
Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni
bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi.
Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: