Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish
MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri
tashkil etishga bog'liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat
kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda,
mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta’lim
va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi
hayot
va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod
o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat,
tasviriy faoliyat,
musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka
va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab
olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar MTM
dasturida belgilab berilgan bo'lib,
u bolalarning umumiy
rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish
didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos
xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi,
mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkazi-
ladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha
davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga
asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzib
443
oladi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha
belgilangan
ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga
oshirishga imkon yaratadi. Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni
haftaga teng taqsimlash.
Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar
qo'yiladi.
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida
bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlar-
ga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r
berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar
rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan
tanishtirish, ona tili, matematika], Ikkinchi mashg'ulotga
yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa
mashg'uloti va shunga o'xshashlar rejalashtiriladi,
Kun
davomida
mashg'ulotlar
quyidagicha
tartibda
almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili
va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur
materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
444
O'yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning
jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida
va bolalar jamoasining tashkil
topishida muhim ahamiyat
kasb etadi. O'yin bolaga quvonch bag'ishlaydi, ijobiy his va
kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi.
O'yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir
ko'rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o'yiniga rahbarlik
qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari
ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg'otishlari kerak.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning
tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi bilimlarini boyitadi (bu
orqali o'yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning
axloqiy hislarini, o'zaro ijobiy
munosabati va odatlarini
tarbiyalaydi. O'yindan bolalardagi o'zaro o'rtoqlik, do'stlik, bir-
biriga yordam ko'rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar
hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi.
Bolalarning o'yin bilan shug'ullanishi va mehnat qilishlari
uchun kerakli materiallar bilan ta'minlanadi, shu orqali bolalar
o'yinining mehnat bilan uyg'unlashib ketishiga erishiladi.
Tarbiyachi
bolalarning
syujetli-rasmli
o'yinlarining
hamma xilini syujetli-rolli, qurilish drammalashtirilgan tabiiy
materiallar bilan o'ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga
o'yin harakatlarini o'rgatadi, tengdoshiari bilan bo'Iadigan
munosabatlarda haqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi.
Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik,
faollik va boshqa xislatlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Ijodiy o'yinlar ertalabki qabul paytida,
kunning birinchi
va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg'ulotdan tashqari
hamma vaqtda tashkil etilaveradi.
Dostları ilə paylaş: