iMashg'ulotlarda
va
mashg'ulotdan
tashqari
vaqtda
o'ynaladigan didaktikva
harakatli o'yinlar muhim
rol
o'ynaydi.
Tarbiyachi bolalarning sensor
rivojlanishini, aqliy tarbiyasini,
bilish jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshiradi.
harakatli
o'yinlarda bolalarning jismoniy madaniyatini
tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak.
445
Harakatli o'yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida
tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha
bilan o'tkazilishi kerak. O'rta va katta guruhlarda turli xil
sport o'yinlari o'tkazib turiladi. Hamma o'yinlar uchun kun
tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash
tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida,
ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari
tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va
harakatli o'yinlarni o'ynaydilar,xohlagan rasmlarini chizadilar,
xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar,
rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini
tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati
hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o'z-o'zini
tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq, madaniyati, irodaviy
sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining
shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda
bolalardagi o'ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil
faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi:
chunki xohlagan ishi bilan shug'ullanishiga imkon yaratish,
kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta'minlashda
yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil
etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi.
Bu ish mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda,
bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga
oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning
insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, axloqiy
munosabatlariga qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishga, mashg'ulotga tayyorlanishlari,
tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda
topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu
bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
446
Navbatchilik ikkinchi kichik guruhda yilning ikkinchi
yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi.
Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati,
xo'jalik-maishiymehnatlarihar kuni ertalabki soatda, ertalabki
va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi.
Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa
mehnati tashkil etiladi, mashg'ulotlarda qo'l mehnatining
yangi turi o'rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat
qilish malaka va ko'nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi
rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik,
burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.
Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy
faolligini o'stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun
ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan
ta'minlash lozim. O'z-o'ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil
etish shakllaridan biri hisoblanadi.
Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va
yechinishga o'rgatiladi. Katta guruh bolalari o'zlarini har
doim batartib (tashqi ko'rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi)
tutishlari kerak. Ular o'yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini
o'yin va mashg'ulotdan keyin joy-joyiga yig'ishtirib qo'yadilar.
Har kuni ertalabki mashg'ulotdan keyin, kunduzi uyqu,
kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy
o'yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali,
o'yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o'yin, mehnat, mustaqil
faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun
shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar,
o'yinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida
o'yin uchun joy tayyorlaydi.
O'yin va mashg'ulotlar o'tkaziladigan joy gigiyenik jihatdan
talabga javob berishi (yorug', ozoda, yaxshi shamollatilgan,
nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal
bo'lishi] kerak.
447
Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot
voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi. Sayr boshlanishida
bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o'tirish,
gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo'ladi.
Keyin harakatli o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari,
mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o'yinlar tashkil etiladi.
MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e’tibor
beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi
bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo'lgan
talabini to'la qondirishi, bolalarda ijobiy hissiy kayfiyatni
saqlash/bolalarva kattalar o'rtasida to'g'ri munosabato'rnatish
uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.
Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda
madaniy-gigiyenik malakalarni:
ijtimoiy xulqni,
xatti-
harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.
Bolaning sog'lom bulib, to'g'ri rivojlanishi uchun tinch va
chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan
keyin xonaning shamollatilgan bo'lishini, tinchlikni ta'minlaydi.
Bolalarning uyg'onganlarini sekin-astalik bilan turg'azish
kerak.
Bola
organizmining o'zgaruvchan
tashqi
ta'sirlarga
chidamliligini oshirish maqsadida har xil chiniqtiruvchi
tadbirlar havo, quyosh, suv vannasi bilan chiniqtirish amalga
oshiriladi.
Bunga chiniqtiruvchi tadbirlar vaqtini sekin-asta ko'payti-
rib borish, suv temperaturasini pasaytirib borish, kunduzi
uyquni ochiq havoda tashkil etish, bolalar kiyimlarini
yengillatib borish orqali erishiladi. Bolalarning kunduzi va
kechki soatlarda ochiq havoda bo'lishlarini ta'minlash ularning
sog'lom, barkamol bo'lib o'sishlarida katta ahamiyatga ega.
Bolalarning ochiq havodagi faoliyatlarini qiziqarli va
maroqli o'tishini ta'minlash uchun har xil o'yinlar, sport, ermak
o'yinlari, kuzatish va mehnat faoliyatlariga kerakli shart-
sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |