Running birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini
tashkil etish
Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun
tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur
shart-sharoitlarni yaratish zarur,
Kichik guruh
bolalarining ko'p
vaqti guruh xonasida
o'tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o'yinchoq va qo'Ilanmalarni
to'g'ri tanlash bolalarning to'laqonli hayot kechirishining
asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o'yinchoqlar bu
yoshdagi bolalarning 3-4 ta bo'lib o'ynashlarini e'tiborga olib
joylashtirilishi, «Oila», «Bolalar bog'chasi» va shunga o'xshash
o'yinlarni o'ynashlari uchun o'yinchoq
burchagi tashkil
etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi
o'yinchoqlar ham bo'lishi kerak, qolgan o'yinchoqlar,
rasmlar
shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirishi lozim.
Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol
yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o'ynashlari
uchun ham joy ajratilishi kerak. Harakatlarni rivojlantiruvchi
jihozlar binoning maxsus xonalarida
saqlanadi va jismoniy
tarbiya mashgfulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga
qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari
uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar
qo'yiladi.
II kichik guruh
bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik
guruhnikidek muhit tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish
va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balki, to'rlarda
qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi.
Guruh xonasidan
kitob javoni uchun joy ajratiladi. MTM maydonchasida sport
o'yinlari bilan shug'ullanish uchun maxsus joy bo'Iadi, u
kerakli anjomlar bilan jihozlab qo'yiladi: velosipedda uchish
uchun yo'lka, tirmashib chiqish
uchun jismoniy tarbiya
narvonchalari, muvozanatni saqlash uchun ma'lum balandlikda
yotqizilgan g'o'la va shunga o'xshashlar bo'Iadi. Olib chiqilgan
o'yinchoqlarni o'ynash uchun maxsus stollar, o'rindiqlar, suv
bilan o'ynash uchun maxsus idish, qum yashigi bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: