N. M. Kayumova


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

466


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari 
hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini 
tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni 
shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, 
bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, 
shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi 
lozim.
O'qitishning har bir boTimiga doir mashg'ulotlarni 
rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari 
hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, 
ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. 
Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur 
bo'lim bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan 
tashqari dasturning boshqa boTimlaridan ayrim masalalarni 
kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni 
rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kun- 
dalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada 
bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, 
bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga 
kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash 
vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- 
atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar 
o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini 
hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va 
didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga 
doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli 
sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. 
O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. 
Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini
467


qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar 
ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar 
navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi 
mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik 
vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va 
usullarni ko'rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil 
qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur 
jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi,
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim 
sanalar va hodisalar bilan boliq bayramlar, maktabgacha 
ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal 
hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va 
umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida 
bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning 
muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada 
muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks 
ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab 
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida 
pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasining 
bolalarga 
ta’sir 
ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- 
tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada 
tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va 
tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha 
ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi 
tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari 
quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq 
eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari 
bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova 
etamiz.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin