N. M. Kayumova


«What constitutes an ‘appropriate’ curriculum for young children



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

«What constitutes an ‘appropriate’ curriculum for young children
is still hotly disputed but it is increasingly apparent that simplistic
outcome measures, which only look to knowledge and skill competence
in the short term, are seriously underestimating the issue» (p93)
Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g ’ri keladigan o‘quv rejasi qanday
tarzda bo'lishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib
kelmoqda, biroq shunisi aniq bo‘lmoqdaki, natijaning soddalashtirilgan
choralari, faqat qisqa mudat ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay
olishlik kompitentlari, masalani jiddiy tarzda baholay olmayapti.
Pedagogy in early childhood education and care (ECEC): an
international comparative study of approaches and policies Research
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani 
muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot 
ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni 
egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.
457


Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, 
bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur. 
Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi 
va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi 
bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini 
tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, 
o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim 
va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan 
tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan 
qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va 
tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, 
narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro 
bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. 
Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- 
hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, 
ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish 
dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish 
ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi 
bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning 
shaxsini rivojiantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, 
malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini 
ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana 
bir zarurati - uning metodik qo'Ilanma, pedagoglar kengashi, 
metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan 
tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi 
birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- 
vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. 
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining 
majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar 
faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyat
458


va mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning 
mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. 
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. 
Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy 
faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin 
olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har 
tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakllanishi qay darajada 
borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda 
quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojiantirish:
a) kitoblar, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday 
o'tkazgani, uning oila a'zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka- 
ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida jamoa tarzida va yakka 
tartibda suhbatlar o'tkazish;
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi 
asarlarini ko'rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik 
tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o'yinlar;
d) tovushlarni 
to'g'rilash 
bo'yicha 
yakka 
tartibda 
shug'ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan 
tanishtirish bo'yicha didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik 
va o'rta guruhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning 
mustaqil shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar, 
bo'yashlari uchun rasmli kitobchalar va o'zlarining chizgan 
rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari, 
kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy 
kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish 
bo'yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan,
459


kichkina guruhda dastro'molchadan foydalanishga o'rgatish 
bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi.,
6. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib 
chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruv- 
chi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja­
lashtiriladi.
8. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o'yinlari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yinlari 
rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa 
shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o'yinlari, so'zli buyumlar bilan 
o'ynaladigan didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod 
o'yinlar, xalq didaktik o'yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning 
sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, 
nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va 
sport o'yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik 
va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani 
yig'ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o'simliklar 
bargini artish);
v) qo'l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, 
somonchalar, lattalar, yog'och va kartondan har xil buyumlar 
yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o'tkazilishi 
dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. 
Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan 
mashg'ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib 
berish rejalashtirilgan bo'lsa, ertalabki soatda rasm ko'rish, 
onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish rejalashtirilmaydi, 
shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan 
tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil 
mashg'ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi
460


mashg'ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini 
mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg'ulotlar, kompleks 
mashg'ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg'ulotlari 
bo'ladi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning 
nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga 
mashg'ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab 
olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo'lgan bilim, 
malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi.
Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum 
hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini 
yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini 
aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo'llash 
imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka 
va 
ko'nikmalarning 
hajmi 
mashg'ulotdan-mashg'ulotga 
kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi 
birinchi mashg'ulotdabolalarni uy hay vonlari bilan tanishtiradi, 
bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi 
mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni 
kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo'ladi. Bolalar bu 
hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, 
kelgusi 
mashg'ulotda 
bolalar uy 
hayvonini 
odamlar 
qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z 
«minnatdorchiligini» qanday bildirishi to'g'risida gap boradi.
Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga 
mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning 
bilim, malaka va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari 
aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va 
usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi 
bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan 
kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish; 
amaliy metod mashq o'yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan 
yagona yo'l bo'lib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma 
usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin: 
ko'rgazmali (ko'rsatish), og'zaki (savol, solishtirish, she'r
461


aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy [topshiriq, o'yin, 
vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita 
metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh 
berish, tuzatish). Ko‘p hollarda metod va usullardan kompleks 
tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan bilim, 
malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari 
ularning hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi 
o'zining kalendar 
rejasida mashg'ulotda 
foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga 
uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda 
berilsa, shunday yozib qo'yish zarur. Agar tarbiyachi 
mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi 
bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga 
o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan
qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir 
metod va usullarini ko'rib chiqamiz.
Tarbiyachi 
mashg'ulotga 
tayyorgarlik 
ko'rayotganda, 
albatta, yosh bolaning tafakkuri ko'rgazmali-obrazli bo'lishini 
e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda ko'rgazmali metodlarni 
rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida 
kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini 
ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham 
shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p mashg'ulotlarda, ayniqsa, 
nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining hikoyasidan 
foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo'lgan badiiy asardan, 
tevarak-atrofdagi 
hayotdan 
olingan 
voqea-hodisalarni 
tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga 
avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini 
yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini 
yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan
462


so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi, Savollar- 
ni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini 
faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy 
zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi 
zarur.
Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham 
bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab 
olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil 
fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi.
Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning 
eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq 
o'rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan 
ko'p bo'lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda 
olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi.
O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi 
belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, 
ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan 
faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan 
chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan 
foydalanish ham talab etiladi.
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga 
mos bo'lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi, 
O'yin usuli mashg'ulotning qiziqarliroq Jozibaliroqligini ta'min­
laydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni 
bola osonlik bilan yengadi.
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, 
rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham 
rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan, 
diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori 
fikrli bolalarga ko'proq e'tibor berish kerak.
463


Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur 
mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma 
materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.
1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish 
rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni
bayramga bezatilgan ko'chani, farroshning ishini va shunga 
o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan 
o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish 
rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- 
havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar 
rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (hafta davomida) qor 
yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan 
uzviy bog'liq bo'lishi kerak.
2. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan 
holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki 
tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham 
bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida 
rejalashtirgan ma’qul.
3. 
Bolalarning 
maydonchadagi, 
polizdagi 
mehnati 
rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq 
qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va 
hokazolar);
b) maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash, 
ay vonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish 
va shunga o'xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: 
jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, 
san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar 
yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, 
sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib 
yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga 
o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.
464


5. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va 
shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki, 
chana, velosiped va boshqalar).
6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan 
tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan 
joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu 
o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi]
7. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar 
sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va 
rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari 
ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun 
olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham 
ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr 
vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini 
bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari 
kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin