qaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda
ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo'yicha
amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi
bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha
belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12
kunga tuziladi kun davomida
amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi.
Uni tuzishda dastur talablari,
bolalarning rivojlanish va
tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim
muassasasining
ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni
egallash jarayoni va ularda
tevarak-atrofdagi narsa va
buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish,
bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini
shakllantirish,
axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va
boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: