N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI
MUDIRI FAOLIYATI:
- Maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan ishonchnomasiz 
faoliyat ko'rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning 
manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga 
berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini ishga qabul 
qilish va joy-joyiga qo'yishni amalga oshiradi, rag'batlantiradi, 
intizomiy jazo choralarini ko'radi va ular bilan tuzilgan mehnat 
lozimnomalarini to'xtatadi;
562


- o'z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillash­
tirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy 
muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish 
uchun maktabgacha ta'limni boshqarish yuqori organiga 
kiritadi;
- bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning samarali 
tashkil etilishi, o'quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo'jalik faoliyati 
ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy 
boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorlikda o'z-o'zini boshqaruv asosida 
bolalarni . tarbiyalashda yuksak 
natijalarga 
erishishga 
qodir bo'lgan turg'un mehnat jamoasini shakllantiradi; 
kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va 
xizmat ko'rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida 
tarbiyalaydi, o'z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish 
hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning 
kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy 
ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishga 
g'amxo'rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda 
va maktabgacha ta'lim muassasasi manfaatlaridan kelib 
chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib 
turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy- 
pedagogik o'quvchining huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan 
organik uyg'unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini 
bevosita maktabgacha ta'lim muassasasida oshirish uchun 
lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; 
mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash 
fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma'muriyat 
jamoat 
tashkilotlari 
bilan 
birgalikda 
maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadan 
o'tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta'minlaydi, ularga 
o'z vaqtida zarur metodik yordam ko'rsatadi.
563


e) mudiraning m aktabgacha ta ’lim bo'lim lari, ota- 
onalar, jam oat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi 
qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, 
ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvi- 
ga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek
jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, 
uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu 
masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Mudira ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi 
nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari, 
muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya 
qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch 
qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; 
maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar 
va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, 
tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd 
pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma 
berish huquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida 
buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar 
maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun 
majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam 
hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan 
ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi 
quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachi- 
metodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), 
pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari 
xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir 
tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat 
jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy 
yig'ilishidir.
564


Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib 
chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini 
aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi
uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, 
pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini 
oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi 
qo'mitasiga taqdim etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin