Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma-
xil faoliyatlari uchun sharoitlarni
yaratilishini kuzatish;
katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro
munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va
hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtiri-
lishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini
tekshiradi.
Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy
ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib
topishadi, oldingi tekshiruv natijalari
tahlilining yozuvlari
bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan
tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek,
metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani
umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar
materiallari
bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan
savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini
ishlab chiqadi.
Guruhlarga
kirish
mo'ljallanganligi
haqida
mudira
pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni
bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa,
oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz
kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu
esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni
shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining
bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlan
tiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi
kamchiliklarni
mustaqil aniqlashga, har bir bolaning
rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga
safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta,
bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish
■
huquqini bermaydi.
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki
kun tartibi jarayonini
tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatning
566
i
bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak
bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma,
tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara
bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni
intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va tak-
liflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum
vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir,
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi
tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar
muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam
foydalanishlarini bolalarda mustaqillik
hamda fikrlarning
tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni
ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida
birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini
belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni
yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning
amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy
pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z
intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga
aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish
usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga
to'liq rahbarlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: