ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini
muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga
yo'naltirilgan kurslar tashkil etish;
-xodimlarni o'qitish, seminarlar va konferensiyalarda
qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion
pedagogika texnologiyalarini va ilg'or metodikalarni o'rganish
bo'yicha tajriba orttirishga yuborish;
-
maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb
va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi
guruhlarda ishtirok etish;
o'z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar
yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega bo'Iishi mumkin.
Institut o'z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo'ysunadi va
unga hisobot beradi. Institut ishlariga O'zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan
ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Institutda o'quv-metodik ishlarga o'quv va metodik ishlar
bo'yicha prorektor, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy ishlarga -
ma'naviy va ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, moliya-iqtisodiy
ishlar bo'yicha - moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektor
rahbarlik qiladi.
Prorektorlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod
etiladilar.
Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil
etiladi.
Ilmiy-metodik
kengash
tarkibi
Institut
rektorining
buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga
prorektorlar, kafedralar va bo'limlar rahbarlari, shuningdek,
yetakchi professorlar va o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari
vakillari kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: