171
qadam – energiya iste’molini yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblari
yordamida hisobga olishni amalga oshirishdan
boshlash kerekligini
tushindilar.
Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash,
yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib
keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham,
iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham
moslashtirilishini
ta’minlaydigan
energiyani
hisobga
olishda
avtomatlashtirilgan tizimlarni tatbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda
iste’molchilar ham, energiya ta’minotchilari ham o‘z
obyektlarida elektr
energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari
(ENHAT) ni tashkil qilmoqda. Zamonaviy ENHAT lar korxonalarning
energiya iste’molini to‘liq nazorat qiladi va energiya yetkazib beruvchilar
bilan kelishuv asosida energiya sarflarini me’yorlashtirish
bilan turli
tariflar tizimlariga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Elektr energiya iste’molini hisobga olishning qo’llanilishi elektr
energiya va quvvat sarflari haqida oshkora va tezkor axborotlarni olish
imkonini beradi. Bu energiyani tejash texnologiyalarini
joriy etish uchun
asos hisoblanadi. Bundan tashqari, ENHAT ning mavjud bo‘lishi elektr
energiyaga bo’lgan to‘lovning sifat jihatdan yangi shakllariga o‘tish
imkonini beradi.
Umumiy holda ENHAT tuzilmasini quyidagi to‘rtta pog‘onaga
ajratish mumkin (1.1-rasm):
172
birinchi pog‘ona – hisobga olish nuqtalari bo‘yicha iste’molchilarning
elektr energiyasi parametrlarini (elektrenergiyasi, quvvati iste’moli va
boshqalar) o‘lchashni o‘rtacha minimal intervalli
yoki uzluksiz amalga
oshiriladigan telemetrik yoki raqamli birlamchi o‘lchash asboblari (BO‘A)
(hisoblagichlar);
ikkinchi pog‘ona – berilgan siklda butun sutka davomida hududiy
taqsimlangan BO‘A dan o‘lchash ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va
yuqori pog‘onalarga uzatishni amalga oshiradigan maxsus o‘lchov
tizimlari yoki energiyani hisobga olishni o‘rnatilgan DT ko‘p funksiyali
dasturlanadigan o‘zgartirgichlari bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va
tayyorlash qurilmalari (MYTQ);
uchinchi pog‘ona – MYTQ dan (yoki MYTQ guruhidan) axborotlarni
yig‘ish, bu axborotlarni hisobga olish nuqtalari bo‘yicha
hamda ularning
guruhlari bo‘yicha, ya’ni korxona bo‘linmalari va obyektlari bo‘yicha
yakuniy qayta ishlash, bosh energetik xizmati operativ personali va
1.1-rasm. ENHAT pog‘onalari.
MYTQ
pog‘onasi
1-daraja ma’lumotlarini
yig‘ish va ishlov berish
markazi
Dostları ilə paylaş: