Mahalla va oila


O‘z joniga qasd qilishga nima sabab bo‘lmoqda?



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

O‘z joniga qasd qilishga nima sabab bo‘lmoqda?
Jahonda suitsid, ya’ni o‘zini o‘zi o‘ldirish holati yuzaga kelishining bir 
qancha sabablari mavjud, ulardan eng asosiylari, javobgarlikdan, jazodan 
qutulish; 
oilaviy 
nizolar 
(ota-bola, 
qaynona-kelin 
o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar); iqtisodiy inqirozlar (bankrotlik, qarzga botib ketish, 
ishsizlik); ishdagi (o‘qishdagi) muammolar; baxtsiz (javobsiz) muhabbat, 
erning yoki xotinning xiyonati; hayotidan qoniqmaslik, zerikish, o‘z o‘rnini 
topolmaganlik, yolg‘izlik; yaqin insonlaridan birining yoxud mashhur 
kushilarning o‘limi; ruhiy holatning buzilishi, ruhiy xo‘rlanish (nomusga tegish, 
kaltaklash kabi jismoniy zo‘rliklar oqibatida); sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, 
giyohvandlik, alkogolizm; diniy fanatizm kabi oqibatlar natijasida o‘zini nochor, 
kasalmand, hech kimga keraksizdek his etish yoki o‘z og‘irligini yaqinlariga 


159
solishni xohlamaslik yoxud o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilishidan, 
sharmanda bo‘lishdan, qoralanishdan qo‘rqib o‘zini o‘zi o‘ldirish holatlari 
vujudga kelishini kuzatish mumkin. 
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tibbiy nuqtai nazardan o‘z joniga qasd 
qilganlarning aksariyatiga ruhiy holatning kuchli buzilishi (depressiya) tashxisi 
qo‘yilgan. Shunga muvofiq, Yaponiya davlatida birinchi navbatda bunday 
tashxis qo‘yilgan bemorga tegishli davolash usullarini qo‘llash uchun birinchi 
navbatda ruhiy holatni nima sababdan buzilganligini o‘rganish muhim 
sanaladi. 
O‘zini o‘zi o‘ldirish bilan bir qatorda, o‘zini o‘zi qurbon qilish tushunchasi 
ham mavjud. Bu tushuncha ko‘proq diniy mafkuralar bilan bog‘liq bo‘lib, 
bunda o‘z jonini din uchun yoxud urush paytida Vatan uchun, xalq 
manfaatlarini ko‘zlab o‘zini o‘zi fido qilish (shahid bo‘lish) kabilar bilan bog‘liq. 
Tarixga nazar tashlasak, suitsidning Xarakiri (Yaponiya) va Sati (Hindiston) 
kabi shakllarini ham kuzatishimiz mumkin. 
Afsuski, hozirda o‘zini boshqara olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, sabrsizlik 
natijasida, ayniqsa, so‘nggi o‘n yil ichida yoshlar o‘rtasida o‘zini o‘zi o‘ldirish
3 barobarga o‘sdi. Har yili 15-19 yoshlar atrofidagi o‘smir, voyaga 
yetmaganlarning har o‘n ikkinchisi o‘z hayotiga qasd qilishga harakat qilib 
ko‘rmoqda. 


160
O‘zini o‘zi o‘ldirgan ko‘pchilik balog‘at yoshida bo‘lgan o‘smirlar ko‘p 
hollarda aynan o‘zlarining ota-onasi, o‘qituvchisi, o‘rtoqlari umuman, u bilan 
tanish bo‘lganlarning o‘zlari bilmagan va xohlamagan holda jabrlanuvchiga 
nisbatan rahmsiz muomalada bo‘lishi natijasida irodasi bo‘shligi sababli shu 
darajaga kelib qoladi. 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklarga nisbatan ayollarda o‘zini o‘zi 
o‘ldirishga urinish holati ko‘proq uchrab, bunda erkaklar ko‘proq o‘zini otish 
usulini, ayollar esa turli dori-darmon, toksik suyuq moddalar bilan o‘zini 
zaharlash usulini qo‘llaydi. Biroq erkaklar tanlagan usullar o‘lim bilan 
yakunlanadi. Shuningdek, ko‘pgina suitsidchilar o‘lim oldi o‘zlaridan so‘nggi 
xat-yozishmalar, qaydnomalar yozib qoldirishlari kuzatilgan. 
Ba’zida o‘zini o‘zi o‘ldirish holatiga qurbon bo‘lganning o‘zi sabab 
bo‘ladi, ya’ni jabrdiyda shaxsning o‘zi harakat sub’ekti sifatida turadi. Shuni 
aytish joizki, o‘zini o‘zi o‘ldirish to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan fikrda aynan 
shu holat asosiy faktor hisoblanadi. Bunday harakatlarning ichki sabablari esa 
ushbu nuqtai nazardan ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin