261
G’AZALDA MA’NO VA MAHORAT
MASALALARI
Sobira Jo’rayeva,
O’zMU jurnalistika fakulteti
o’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
katta o’qituvchisi, filologiya fanlari
bo’yicha falsafa doktori
(O‘zbekiston)
Adabiyot tarixidan yaxshi ma’lumki, Sharq she’riyati ma’no, shakl, badiiy
xususiyatlari o’ziga xos bo’lgan bir necha janrlarni qamrab olgan.
Ammo ular
orasida g’azal hamma asr va zamonlarda ham oldingi o’rinlarda turgan. Chunki
g’azal janrida qalam tebratish, birinchidan, davr adabiy muhitida iste’dod
imkoniyatlarni namoyon etishning tan olingan tajribasi bo’lsa,
ikkinchidan,
shoirlik mahoratining bir ko’zgusi hisoblangan. Bundan tashqari eng ilg’or va
hayotiy adabiy an’analar keng miqyosda aynan g’azal shaklida davom ettirilgan.
Ulug’ Ozarbayjon shoiri Fuzuliy:
G’azal bildirur shoirning qudratin,
G’azal orttirur nozim shuhratin.
Kungul, garchi ash’ora cho’q rasm vor,
G’azal tavzin et jumladin ixtiyor.
deganda yuqoridagi haqiqatlarni ham e’tiborga olgan. Fors-tojik
g’azalchiligi juda katta va ibratli tarixga ega bo’lganidek, turkiy tilda ijod qilgan
shoirlarning g’azaliyoti ham alohida nufuzga loyiqligi professor A.Hayitmetov
16
,
N.Mallaev
17
, Y.Ishoqov
18
, R.Orzibekov
19
, O.Nosirov
20
kabi o’nlab olimlarimiz
tadqiqotlarida atroflicha yoritib berilgan. Ustoz M.Shayxzoda esa g’azalni
oshiqona, orifona, rindona turlarga ajratgan. Shu tasnifning o’ziyoq g’azalning
tasavvuf ta’limoti bilan bog’langani, unda diniy, irfoniy g’oyalar ham muhim o’rin
egallashidan guvohlik beradi. Darhaqiqat, g’azal janrini jo’shqin
bir daryo deb,
tasavvur etadigan bo’lsak, uning bir sohili majoz, ikkinchisi ilohiy ishq sohiblariga
tegishlidir.
Adabiyotshunos Y.Ishoqov ayni masaladan so’z yuritar ekan, g’azal
mulkining sultoni A.Navoiy she’riyatida dunyoviy muhabbat ilohiy zid
qo’yilmaganligini ta’kidlab: ”Majoziy ishq ishqiy haqiqiyning bir ko’rinishi yoki
16
Ҳайитметов. А. Навоий лирикаси. – Тошкент: Фан, 1961; Орзибеков Р. Ўзбек лирик поэзиясида ғазал ва
мусаммат. – Тошкент: Фан, 1976. – Б. 6.
17
Маллаев.Н. Сўз санъатининг гултожи. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991.
18
Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 25.
19
Орзибеков. Ўзбек лирик поэзиясида ғазал ва мусаммат. – Тошкент: Фан, 1976. – Б. 6.
20
Носиров.О. Ўзбек адабиётида ғазал. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972.
262
haqiqiy ishq yo’lidagi o’ziga xos bosqich sifatida baholanadi.
Ruhan pok,
ma’naviy komil inson uchun majozning o’zi ayni haqiqatdir”
21
.
Abdushukur Shukuriy XVIII asr oxiri XIX asr boshlari o’zbek mumtoz
adabiyotining yirik vakili, zullisonayn shoirdir. U o’zining salaflari – Navoiy,
Fuzuliylar yo’lidan borib, she’rlarida oshiqlik va oriflik bilan bir qatorda, halollik,
poklik, insonparvarlik, kamtarlikni ulug’ladi. U fors-tojik va o’zbek
tillarida
betakror asarlar yaratdi. Nozik ta’b shoir ekani XIX asrda yozilgan Vozeh,
Hashmat, Sadri Ziyo, Sadriddin Ayniylarning tazkiralaridagi e’tiroflarida
ko’rinadi.
G’azalning nainki g’oyaviy, balki badiiy sir-asrorlarini o’zlashtirishda
Shukuriy turkiy tilda g’azal bitgan ustozlari bilan birga fors-tojik adabiyotining
dunyoga mashhur Sa’diy, Jomiy, Bedil kabi shoirlari asarlarini qunt va ilhom bilan
o’qib o’rgangan. Ammo uning ustozlari, betakror ilhomchilari Alisher Navoiy va
Fuzuliy edi. Salaflaridan u faqat g’oya, mazmun, ifoda usullarini qo’llashda emas,
balki rang va rang turlari orqali inson ichki dunyosidagi ma’naviy holat,
ruhiy
o’zgarishlarini tasvirlashga izdoshlik qilgan. Bu jihatdan uning Navoiy va Fuzuliy
an’analarini munosib ravishda davom ettirgani tahsinga loyiqdir. SHoir devonini
kuzatar ekanmiz, g’azallarining sarlavhasi “Payravi Amir Navoiy”, “Payravi
Fuzuliy” deb nomlangan. Bu esa albatta, ulug’ ustozlarining ijodidan
bahramandlik hissi bo’lsa ajabmas. SHuningdek, ulug’ ozar shoiri bo’lgan Fuzuliy
ta’sirida “bilmaz”, “bengzattim”, “chu” radifli g’azallar bitadi. Biroq bu tatabbular
o’ziga ilhom bergan g’azallar bilan vazn, qofiya va radif jihatidan mushtaraklikka
ega bo’lsa-da,
ularning mavzu, fikr va tashbehlari mutlaqo yangichadir.
Fuzuliyning devonidan o’rin olgan mazkur g’azaliga Shukuriy tatabbu qilib, go’zal
tashbehlar yaratdi. SHu o’rinda Fuzuliyning g’azalini to’liq keltirishni lozim
topdik:
Tanimda zaxmi tig’ing chashmi xunafshona bengzattim,
O’qingkim, saf-saf atrofida mujgona benzattim
Baqoyi ruhimi bildim zuloli la’li nobingdan,
Hayotimdur, dedim,bag’rima bosdim, qona bengzattim.
So’kilmish ko’ksimikim, to’ludur g’amzang hayoli-la,
Haromilar yotog’i –manzili vayrona bengzattim.
Tanimdan injinib chiqmish ravon jon kabi paykoning,
Nachuk injimasun, etdikda zavqin, jona bengzattim.
21
. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 25.
263
Ko’zimda baslanib, qiymat bo’lan paykoningi ko’rdim,
Sadafda gavhar o’lon qatrayi borona bengzattim.
Fuzuliy, o’ldirar hardam mani ahli nazar ta’ni
Ki, nechun yor la’lin chashmai hayvona bengzattim. (195b)
Bunday mazmun va shakl hamohangligi qator baytlarda ko’zga tashlanadi.
Jumladan, Shukuriy devonida shunday baytlar uchraydi:
Ko’rub ko’zguda o’tlug’ ko’z ila ashki ravonimni,
Alarni chun tannuri xom ila to’fona bengzattim.
Shukuriy xasta dil hukmi ila har sorig’a ozimdur,
Ani bir benavo muflis, muni sultona bengzattim.
Dostları ilə paylaş: