486
Malika
Bas qil, Hamlet! Sen mening ko‘zimni hozir
Vijdonimga qarashga majbur aylading.
Unda ko‘rganim nuqul qora dog‘lardir,
U dog‘larni hyech narsa yuvib ketgizmas.
Hamlet
Baribir, siz yog‘ bosgan yotoqda mudom
Nafsingizning kayfidan nash'alar topib
Shahvatning xumorida ag‘nayotirsiz.
Malika
Hamlet, rahm et! So‘zlaring xanjar singari
Qulog‘imni tilmoqda.
Hamlet
Sizga hamyostiq bo‘lgan qotil va hayvon
Marhumning bitta harom tukicha emas.
Sizni qo‘yniga olgan shoh emas – ayyor,
U taxt uzra o‘tirgan bitta kisabur,
Tokchada tojni ko‘rib o‘g‘irlagan pes.
Malika
Hamlet, rahm et!
Hamlet
Yoringiz bir masxaraboz...
Ko‘rinib turganidek, nasrda yozilgan bo‘lishiga qaramay, poetik jihatdan
Cho‘lpon tarjimasi o‘ziga xos mukammallikka ega. Shuning uchun uni mansur
tarjima deyish mumkin. Maqsud Shayxzoda tarjima jarayonida Cho‘lpondan
o‘rgangani ham ko‘rinib turibdi. Birgina, “
bir harom tukiga arzimaydigan
” – “
bitta
harom tukicha emas
” iborasining qo‘llanishi buni tasdiqlaydi. Bu yerda biz
tarjimonlik mahorati haqida emas, Cho‘lpon she'riyati orqali o‘zbek poeziyasida
keng tarqalgan mansura she'r shaklining vujudga
kelish zamini haqida fikr
yuritmoqdamiz. Dastlab shoir she'riyatida bu hol keng ko‘lamda namoyon bo‘lgan
edi. “Hamlet” tarjimasidan avval ham shoirning bu usuldan foydalangani ma'lum.
Xususan, “Shulay bitamiz”, “Hoy och kambag‘al” she'rlarida undan foydalangan
va “Tabiat quchog‘ida”, “Tabiatning javobi” mansuralari shu yo‘lda bitilgan.
Shoirga ko‘proq ma'qul tushgani uchun ham tarjima shu yo‘sinda amalga
oshirilgan. Shu o‘rinda adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshevning quyidagi fikrlari
keltirshni joiz bildik: “Ijtimoiy ongning tozarishi milliy ruh va tuyg‘ularga ta'sir
qilib, millat badiiy tafakkurining ham yangilanishiga olib keldi” [1.174].
Shuni
ham ta'kidlash lozimki, Cho‘lponning ijodiy tafakkur tarzi tabiatan
Shekspir
tafakkuriga yaqin turadi. “Cho‘lpon – Cho‘lpondir” fiqrasida Ahmad Shukriy
shoirni Shekspirga qiyoslagani bejiz emas. “Cho‘lpon oti qulog‘imga kirdikcha
Shekspir ruhi ko‘rinadir-da turadir, – deb yozgan edi muallif. – Shekspir lirizmasi
bilan Cho‘lpon she'riyati orasinda naqadar ayirma axtarsam-da, oni topa olmadim.
“Uyg‘onish”ni necha topqirlar o‘qib chiqdim. Shekspirni mutolaa etdim. Eng so‘ng
Shekspir Cho‘lpondir yoxud Cho‘lpon Shekspirdir fikriga keldim. Cho‘lpon
487
she'rlari Shekspir jo‘shqinligi bilan to‘ladir. Cho‘lpon oq ko‘ngilligi Shekspir
samimiyligidan o‘tadir” [2.15].
Adabiyotshunos
olim
Ozod
Sharafiddinov
shoirning
millat
va
umuminsoniyat oldidagi buyuk xizmatlarini quyidagicha tariflagan edi: “Cho‘lpon
haqiqiy baynalmilalchi edi. Ayni choqda baynalmilalchilik unga buyuk
millatparast bo‘lishga xalaqit bergan emas. Aksincha, Cho‘lpon tabiatidagi bu ikki
jihat bir-birini taqozo etgan, bir-biriga tayangan, bir-birini to‘ldirgan. Cho‘lpon o‘z
xalqini juda sevar edi, chunki uning bugunini ham, o‘tmishini
ham juda yaxshi
bilardi. Cho‘lpon dunyodagi bironta xalqni kamsitmagan holda o‘zbek xalqini boy
tarix yaratgan, dunyoga buyuk san'atkorlar, shoirlar, olimlar, mutafakkirlar
yetkazib bergan xalq deb bilardi” [3.82].
Xulosa
qilib aytish mumkinki, jahon adabiyoti tajribalarini milliy
andazalarga moslay bilgani Cho‘lpon she'riyatidagi poetik mazmun
yangilanishining yana bir muhim badiiy-estetik omilidir. “Cho‘lpon XX asrda
Turkistonda shakllangan va taraqqiy etgan jadidchilik harakati namoyandalari biri
sifatida milliy adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirdi”.[4.65] Shoirning “Hamlet”
tarjimasi orqali Shekspir poetik mahoratidan saboq oldi.
Falsafiy
mushohada,
mavjud narsa-hodisalardan poetik obraz yaratish va she'r shaklini ma'lum
qonuniyatlardan chiqmagan holda yangilash kabi xususiyatlarni Robindronath
Thakurdan o‘rgandi. Cho‘lpon rus adabiyoti klassiklaridan A.S.Pushkin,
N.V.Gogol, I.S.Turgenev, Ivan Franko, A.P.Chexov, L.Andreev, A.M.Gorkiy,
A.Blok, A.Serafimovich va I.A.Krilov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali
bu adabiyotning ta'sirchan usullarini egallab oldi. Shoir ijodida u tarjima qilmagan
ko‘pgina ijodkorlar asarlarining ham ta'siri kuzatiladi. Nomiq Kamoldan Ali
Sayfiygacha bo‘lgan usmonli turk ijodkorlari asarlarini mutolaa qildi.
Yangi
she'riy shakllar borasida Rizo Tavfiqqa murojaat qildi. Yahyo Kamol tajribasidan
saboqlar oldi. Eronlik shoir Abulqosim Lohutiydan, Lu Szin Van va Vey In Yu
kabi xitoy
shoirlaridan tarjimalar qildi, tajriba o‘rgandi. Cho‘lpon she'riyatidagi
yangilanish va yuksalishning asosiy sabablaridan biri aynan shu ekani aniq. Shoir
dunyoqarashining kengligi jahonda kechayotgan voqyealarni chuqur tahlil etganida
va ulardan ozodlik motivlarini ko‘plab topa olganida ko‘rinadi. Shoir tarjima
qilgan “Hamlet” asaridan hayratga tushadi va ijodining o‘sishida sabab bo‘lgan
asarlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U Shekspir asarlaridan ilhomlandi va
yangicha tafakkur hosil qildi.
Dostları ilə paylaş: