Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431
Anjuman Boku (6)

Queen Gertrude 
No more! 
Hamlet 
A king of shreds and patches… (Shakspeare homepage. 
Shakspeare.mit.edu) 
Bu parcha Cho‘lpondan keyin Maqsud Shayxzoda tomonidan qilingan 
she'riy tarjimada quyidagicha ko‘rinishda: 


486 
Malika 
Bas qil, Hamlet! Sen mening ko‘zimni hozir 
Vijdonimga qarashga majbur aylading. 
Unda ko‘rganim nuqul qora dog‘lardir, 
U dog‘larni hyech narsa yuvib ketgizmas. 
Hamlet 
Baribir, siz yog‘ bosgan yotoqda mudom 
Nafsingizning kayfidan nash'alar topib 
Shahvatning xumorida ag‘nayotirsiz. 
Malika 
Hamlet, rahm et! So‘zlaring xanjar singari 
Qulog‘imni tilmoqda. 
Hamlet 
Sizga hamyostiq bo‘lgan qotil va hayvon 
Marhumning bitta harom tukicha emas. 
Sizni qo‘yniga olgan shoh emas – ayyor, 
U taxt uzra o‘tirgan bitta kisabur, 
Tokchada tojni ko‘rib o‘g‘irlagan pes. 
Malika 
Hamlet, rahm et! 
Hamlet 
Yoringiz bir masxaraboz... 
Ko‘rinib turganidek, nasrda yozilgan bo‘lishiga qaramay, poetik jihatdan 
Cho‘lpon tarjimasi o‘ziga xos mukammallikka ega. Shuning uchun uni mansur 
tarjima deyish mumkin. Maqsud Shayxzoda tarjima jarayonida Cho‘lpondan 
o‘rgangani ham ko‘rinib turibdi. Birgina, “
bir harom tukiga arzimaydigan
” – “
bitta 
harom tukicha emas
” iborasining qo‘llanishi buni tasdiqlaydi. Bu yerda biz 
tarjimonlik mahorati haqida emas, Cho‘lpon she'riyati orqali o‘zbek poeziyasida 
keng tarqalgan mansura she'r shaklining vujudga kelish zamini haqida fikr 
yuritmoqdamiz. Dastlab shoir she'riyatida bu hol keng ko‘lamda namoyon bo‘lgan 
edi. “Hamlet” tarjimasidan avval ham shoirning bu usuldan foydalangani ma'lum. 
Xususan, “Shulay bitamiz”, “Hoy och kambag‘al” she'rlarida undan foydalangan 
va “Tabiat quchog‘ida”, “Tabiatning javobi” mansuralari shu yo‘lda bitilgan. 
Shoirga ko‘proq ma'qul tushgani uchun ham tarjima shu yo‘sinda amalga 
oshirilgan. Shu o‘rinda adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshevning quyidagi fikrlari 
keltirshni joiz bildik: “Ijtimoiy ongning tozarishi milliy ruh va tuyg‘ularga ta'sir 
qilib, millat badiiy tafakkurining ham yangilanishiga olib keldi” [1.174]. Shuni 
ham ta'kidlash lozimki, Cho‘lponning ijodiy tafakkur tarzi tabiatan Shekspir 
tafakkuriga yaqin turadi. “Cho‘lpon – Cho‘lpondir” fiqrasida Ahmad Shukriy 
shoirni Shekspirga qiyoslagani bejiz emas. “Cho‘lpon oti qulog‘imga kirdikcha 
Shekspir ruhi ko‘rinadir-da turadir, – deb yozgan edi muallif. – Shekspir lirizmasi 
bilan Cho‘lpon she'riyati orasinda naqadar ayirma axtarsam-da, oni topa olmadim. 
“Uyg‘onish”ni necha topqirlar o‘qib chiqdim. Shekspirni mutolaa etdim. Eng so‘ng 
Shekspir Cho‘lpondir yoxud Cho‘lpon Shekspirdir fikriga keldim. Cho‘lpon 


487 
she'rlari Shekspir jo‘shqinligi bilan to‘ladir. Cho‘lpon oq ko‘ngilligi Shekspir 
samimiyligidan o‘tadir” [2.15]. 
Adabiyotshunos 
olim 
Ozod 
Sharafiddinov 
shoirning 
millat 
va 
umuminsoniyat oldidagi buyuk xizmatlarini quyidagicha tariflagan edi: “Cho‘lpon 
haqiqiy baynalmilalchi edi. Ayni choqda baynalmilalchilik unga buyuk 
millatparast bo‘lishga xalaqit bergan emas. Aksincha, Cho‘lpon tabiatidagi bu ikki 
jihat bir-birini taqozo etgan, bir-biriga tayangan, bir-birini to‘ldirgan. Cho‘lpon o‘z 
xalqini juda sevar edi, chunki uning bugunini ham, o‘tmishini ham juda yaxshi 
bilardi. Cho‘lpon dunyodagi bironta xalqni kamsitmagan holda o‘zbek xalqini boy 
tarix yaratgan, dunyoga buyuk san'atkorlar, shoirlar, olimlar, mutafakkirlar 
yetkazib bergan xalq deb bilardi” [3.82]. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, jahon adabiyoti tajribalarini milliy 
andazalarga moslay bilgani Cho‘lpon she'riyatidagi poetik mazmun 
yangilanishining yana bir muhim badiiy-estetik omilidir. “Cho‘lpon XX asrda
Turkistonda shakllangan va taraqqiy etgan jadidchilik harakati namoyandalari biri 
sifatida milliy adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirdi”.[4.65] Shoirning “Hamlet” 
tarjimasi orqali Shekspir poetik mahoratidan saboq oldi.
 
Falsafiy mushohada, 
mavjud narsa-hodisalardan poetik obraz yaratish va she'r shaklini ma'lum 
qonuniyatlardan chiqmagan holda yangilash kabi xususiyatlarni Robindronath 
Thakurdan o‘rgandi. Cho‘lpon rus adabiyoti klassiklaridan A.S.Pushkin, 
N.V.Gogol, I.S.Turgenev, Ivan Franko, A.P.Chexov, L.Andreev, A.M.Gorkiy, 
A.Blok, A.Serafimovich va I.A.Krilov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali 
bu adabiyotning ta'sirchan usullarini egallab oldi. Shoir ijodida u tarjima qilmagan 
ko‘pgina ijodkorlar asarlarining ham ta'siri kuzatiladi. Nomiq Kamoldan Ali 
Sayfiygacha bo‘lgan usmonli turk ijodkorlari asarlarini mutolaa qildi. Yangi 
she'riy shakllar borasida Rizo Tavfiqqa murojaat qildi. Yahyo Kamol tajribasidan 
saboqlar oldi. Eronlik shoir Abulqosim Lohutiydan, Lu Szin Van va Vey In Yu 
kabi xitoy shoirlaridan tarjimalar qildi, tajriba o‘rgandi. Cho‘lpon she'riyatidagi 
yangilanish va yuksalishning asosiy sabablaridan biri aynan shu ekani aniq. Shoir 
dunyoqarashining kengligi jahonda kechayotgan voqyealarni chuqur tahlil etganida 
va ulardan ozodlik motivlarini ko‘plab topa olganida ko‘rinadi. Shoir tarjima 
qilgan “Hamlet” asaridan hayratga tushadi va ijodining o‘sishida sabab bo‘lgan 
asarlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U Shekspir asarlaridan ilhomlandi va 
yangicha tafakkur hosil qildi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin