ADABIY SUHBATLARDA ZAMONAVIY NASR HAQIDA
GURUNGLAR
Bekchanova Sevara
Urdu o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Istiqlol davri adabiyoti haqida yozuvchi,
munaqqid, adabiyotshunos olimlarning adabiy suhbatlaridan o‘rin olgan fikr-
mulohazalari tahlil qilinadi. Suhbatlardagi zamonaviy nasr muammolari va
yutuqlari haqida mushohadalar talqin etiladi.
554
Kalit so‘zlar:
Suhbat, nasr, modernizm,
modernistik izlanish,
ekzistentsializm falsafasi.
Аннотация:
В статье анализируются мнения писателей, критиков и
литературоведов о литературе периода Независимости. Интерпретируются
наблюдения над проблемами и достижениями современной прозы в
разговорах.
Ключевые слова:
Беседа, проза, модернизм, модернистское
исследование, философия экзистенциализма.
Annotation:
This article analyzes the opinions of writers, critics, and
literary scholars about the literature of the Independence period. Observations on
the problems and achievements of modern prose in conversations are interpreted.
Key words:
Conversation, prose, modernism, modernist research,
philosophy of existentialism.
Ham nazm ham nasr sohasida barobar ijod qilishni barcha ham birdek
uddalay olmaydi. Lekin bu ishni qoyilmaqom qilib yosh avlodga o‘rnak qilib
ko‘rsatgudek darajada amalga oshirib kelayotgan ijodkorlardan biri Ulug‘bek
Hamdam sanaladi. Uning adabiyotshunos olim va munaqqid sifatidagi adabiy
suhbatlarida zamonaviy nasr haqida mulohazalarni uchratishimiz mumkin.
Munaqqidning shoir va yozuvchi adabiyotshunos olim Rahimjon Rahmat bilan
uyushtirilgan suhbati “Ijodiy erkinlikning totli mevalari” deb nomlanadi. Suhbat
modernizm
hamda nasrimiz muammolariga bag‘ishlanganligi jihatdan
e’tiborlidir. Rahimjon Rahmat “…Aytmoqchimanki, ayrimlar nasrimizda paydo
bo‘layotgan anchayin jiddiy yangiliklarni kimlargadir taqlid deb baholashyapti.
Goho falonchi o‘zbekning Kortasari, pistonchi o‘zbekning Borxesi” degan gaplar
quloqqa chalinib qoladi. Bu gapning tagida yangilanayotgan milliy nasrimizni
kamsitadigan nozik ma’no bor”. [Ulug‘bek Hamdamov 1:193] Adabiyotshunos
olim bu fikr noto‘g‘riligini o‘zbek adabiyoti ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar orqali
rivojlanganini qayd etadi. Masalan, jadid adaboyotini jamiyatda yuzaga kelgan
ijtimoiy-siyosiy kuch yuzaga keltirganini, o‘zbek millatining o‘z-o‘zini anglash
tuyg‘usi Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdek ulkan shoirlarni adabiyot maydoniga
chiqarganini ta’kidlaydi.
Munaqqid zamonamiz nosirlari haqida fikr bildirib: “Ayni damda,
ko‘ngilga umidbaxsh etguvchi nosirlarimiz ham bor: siz qayd etgan nomlar
qatorida S.O‘nar, N.Jaloliddin, A.Yo‘ldosh, L.Bo‘rixon, Sh.Ahmedov,
Z.Qurolboy qizi kabilar jiddiy asarlar yaratish yo‘lida urinayotgandek tuyuladi.
“O‘zAS”
sahifalarida
berilgan
E.A’zamning
“Stupka”
va
X.Do‘stmuhammadning
“Qichqiriq”
nomli
hikoyalari
jiddiy
adabiy
jamoatchilikda ijobiy rezonans uyg‘otdi. “Tafakkur” jurnalida N.Muhammad
Raufxonning “Chilla”, “Sharq yulduzi”da “Etakdagi kulba” nomli ramziy
555
hikoyalari chop etildi. “Bahouddinning iti”, “Qultoy” (N. Eshonqul) – zo‘r
hikoyalar. Kamnamo va kamsuqum N.Boqiydan ham katta badiiy kashfiyotlar
umid qilsak arziydi. “Suratdagi ayol” hikoyasi bilan yangicha yozish mumkin
ekanligini isbot qilgan Sh.Hamroni esa yana qalam tebratishga undaymiz. Xullas,
nazar solsak, nasrimiz ufqlari yorisha boshlagan. Boshqacha bo‘lishi mumkin
ham emas-da. Chunki biz keyingi 20-25 yil mobaynida chindan-da jahonshumul
ijtimoiy-tarixiy evrilishlarni boshdan kechirdik, endi uni badiiy idrok qilish,
anglash va his etish davriga kirib keldik. Ro‘yobga chiqqan ishlar – hali xamir
uchidan patirdek gap. Asosiylari oldinda. Har holda, menga shunday
tuyulmoqda”. [Ulug‘bek Hamdamov 1:201] Haqiqatan munaqqid yuqorida qayd
etib o‘tgan nasrimiz asarlari har bir o‘qirman uchun yangilik bo‘ldi va bu asarlar
milliy nasrimizda salmoqdor va chuqur mazmun-mohiyatga ega asarlar
yaratilayotganligi va bundan keyin ham yaratilishda davom etishidan dalolat.
O‘zbekiston Xalq Qahramoni taniqli adabiyotshunos olim, tanqidchi Ozod
Sharafiddinov bilan o‘tkazilgan suhbat “Modernizm jo‘n hodisa…Emas” (2002-
yil) deb nomlanadi. Suhbat boshida modernizm bu tushunchaning mohiyati
haqida o‘qirmanlarga ma’lumot berib o‘tiladi.Munaqqid modernizm bizning
adabiyotimizga yot tushuncha emasligini, 20-30-yillarda o‘zbek adabiyotida
muayyan modernistik izlanishlar bo‘lganini aytib o‘tadi. Bu, jumladan, Oybek,
Mirtemir, Cho‘lpon ijodida ko‘rinadi. Oybekning dastlabki she’rlarida
modernistik izlanish his-tuyg‘ularining tahliliga juda keng o‘rin berilganida
ko‘rinadi. Bugun adabiyotimiz yangicha sharoitda yashab ijod etmoqda. Avvalgi
tazyiqlar va cheklovlar hozir yo‘q. Endi yozuvchi va shoirlar badiiy shakl va
uslub borasida juda keng ko‘lamda izlanishlar olib borishlari mumkin va olib
borishmoqdalar ham. Ulug‘bek Hamdamovning “Muvozanat” deb nomlangan
romani xususida gapirib asarni an’anaviy hamda modernistik ruh aralash holda
yozilganligini asar munaqqidda katta taassurot uyg‘otganini ta’kidlaydi. Xullas,
suhbat so‘ngida olim bir xil shakl va mazmunga ega qoliplardan voz kechib,
erkin ijod etish lozim degan yakuniy xulosaga keladi. Chindan ham bir xillik
adabiyot ixlosmandlari ayniqsa, bugungi yosh avlodni ancha zeriktirib badiiy
asarlarga bo‘lgan qiziqishni sustlashishiga olib kelishi mumkin.
Ulug‘bek Hamdamning yana bir kitobxon ahli uchun qiziq bo‘lgan
suhbatlaridan biri “Umidbaxsh adabiyot ehtiyoji” deya ataladi. Suhbatda
shoirning
bugungi
kitobxon,
ular
qanday
asarlarga
ko‘proq
qiziqayotganligi, internetning kitobxonlikka ta’siri, bugun adabiyot tabiatida
qanday o‘zgarishlarni, yangilanishlarni boshdan o‘tkazayotgani, o‘zining
“Na’matak” asari haqidagi, bugungi o‘zbek tanqidi shiddat bilan o‘zgarib,
turlanib borayotgan dunyoda ijodkorning zimmasiga tushayotgan eng muhim
vazifalar qaysilar kabi bir qator dolzarb savollarga javob berib fikrlarini ifodalab
556
o‘tadi. Yozuvchi “Na’matak” deb atalgan kichik eksperimetal asarini shartli
ravishda roman deb ataganini ta’kidlaydi. Asarda ixtiyorimizdagi tobora kamayib
borayotgan VAQT tushunchasidan kelib chiqib, roman mazmuni bitta hikoya
hajmiga qamalgan. Bu yozuvchi uchun bir tajriba, xolos. Albatta, asarga
qarashlar har xil bo‘ldi, bo‘layapti. Buni yozuvchi tabiiy va samimiy qabul
qilishini aytadi. Tomonlarning bu asar o‘yin yoki havas tarzida tug‘ilmaganligini,
uning aynan shunday kichik hajmda yozilganligining, yuqorida bayon
etilganidek, juda salmoqli asos – sababi borligini bir bor mushohada qilib
ko‘rishlarini, istaydi. Mutolaadan so‘ng xotirada hikoyaning yukicha mazmun
qoldirmagan yostiqdek romandan, romanning yukidek mazmun qoldirgan
jimitdek hikoyani chandon afzal ko‘rishini ta’kidlaydi. Yozuvchining bu gapi
ayni haqiqatga yaqin. Chunki hajman katta bo‘lsin, mazmunan sayoz bo‘lgan
asarlar asrlar silsilasidan sog‘-omon o‘tib kelajak avlodga yetib borolmasligi
tayin.
“Yangi avlod ovozi” deb nomlagan adabiy-tanqidiy gurungning
ishtirokchilari milliy adabiyotimizning yangi avlodi namoyandalari, istiqlol
arafasida, istiqlol yillarida adabiyot bo‘stoniga kirib kelgan shoir, nosir va
munaqqidlar bo‘lib, ular H.Boltaboev, Sh.Rizaev, D.Quronov, I.Yoqubov,
R.Qo‘chqor, B.Ro‘zimuhammad, R.Rahmatlar, N.Eshonqul, A.Yo‘ldosh,
R.Haydarovalardir. Ularning barchasi adabiyotda, adabiy tanqidda allaqachon
o‘z mavqeyini egallab, ijodiy, ilmiy yo‘li, maslagini tayin etib olgan qalam
sohiblaridirlar. Qolaversa, ular bosh muharrirning har bir savoliga “yetti o‘lchab
bir kes” naqliga amal qilib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda javob qaytarishga
harakat qilganlar. Ushbu davra suhbati bir qator taniqli adabiyotshunos olimlar
jamlanganligi va ularning adabiyot va nasr haqidagi fikrlari bilan boyligi
jihatdan ahamiyatlidir.
Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning
Dostları ilə paylaş: |