740
Asarning so‘zboshisida shu vaqtgacha adabiyotshunoslar e’tiboriga tushmay
qolgan quyidagi jumlalarni havola qilamiz:
“Ularning xon va ulamoga qarshi
isyoni tabi’iy – shar’iydir”
[1,1] Demak, romanda qahramonlarning zulmga qarshi
isyoni nafaqat sinfiy asosda, balki o‘sha vaqtda mahalliy aholi qat’iy rioya etgan
shariat qoidalarining oyoqosti qilinishi bilan bog‘liq. Ammo bu kurash sababini
yozuvchi hech bir o‘rinda bayroq qilib ko‘tarmasdan, asar tagmatniga singdirib
yuborgan. Qodiriy o‘z romanida shunday bir toifani tasviradiki, bu olam vakillari
o‘zlariga axloq kodeksi sifatida islom ma’rifati va madaniyatini qabul qilishgan
[5]. Avvalambor, bu qoidalar yozuvchining ham hayotida bosh mezon bo‘lib
xizmat qilgan. Bevosita asardagi hal qiluvchi lahzalardan biri hisoblangan sahnaga
murojaat etamiz. Xonga qarshi chiqa olishga o‘zida kuch topa olgan Anvar
Xudoyorxonga ham aynan shu musulmonchilik talabini da’vo qilib chiqadi:
“Xudoyorxon:
– Pusulmonchilik qig‘onsan-da?!
– Albatta! – dedi Anvar, – boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib
pusulmonchiliqdan chiqqach, men pusulmonchiliq bilan o‘lishni o‘bdon bildim!
– Sening qilg‘on ishing pusulmonchiliqda bormi, it uvli?
– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmakchi
bo‘lg‘an qizg‘a ham zo‘rliq qilish bormi, qiblai olam?”
[1
,139-140].
Qaltis vaziyatda turgan Anvar o‘zining joni omonat ekanligini bilib tursa-da,
xonga qarshi keskin gap ayta oladi. Negaki, xonlik shariat qoidalari asosida
boshqarilgan. Shunday ekan, bu tartibga bo‘ysunishga hamma majbur. Anvar
shuning uchun ham bu da’voni mahkam ushlaydi. Xudoyorxon har qancha zolim
bo‘lmasin, shariat qoidasiga itoat qiladi. Shu bois xon Anvarning talabini inobatga
olib, Sultonalini ozod etadi.
“Mehrobdan chayon” romanining fabulasi ham yuqoridagi fikrlarimizni
isbotlashga xizmat qiladi. Roman fabulasining qisqacha bayoni shunday: unda
yangi roman janriga endi oshno bo‘lgan o‘zbek xalqining go‘zallik, qahramonlik,
ezgulik va yovuzlik, sadoqat va razillik,
saxiylik va baxillik, olijanoblik va
pastkashlik haqida asrlar davomida shakllanib kelgan sodda va samimiy
qarashlariga, tushunchalariga, estetik ideallariga to‘la mos tushadigan voqealar
qamrab olingan. Xususan, asar qahramoni Anvar taqdiri misolida bu jihatlarni
ko‘rishimiz mumkin. Kambag‘al oilalardan birining “Onasining tilab-tilab olgani”
emas va otasi ham “o‘g‘ilchag‘a” hisoblamagan bir farzandi, hurmatsiz oltinchi
“mehmon” hayotning barcha qiyinchiliklarini ko‘rib, yetimlikda o‘sdi,
yaxshi
kishilarning tarbiyati va o‘zining tirishqoqligi sababli savod chiqardi. Bolalik
do‘stining xotirasiga ko‘rsatgan ulug‘ bir sadoqati e’tiborsiz qolmadi –
sarmunshiylik lavozimiga qadar erishdi. Kimsasiz yetimchaning baland martabali
mansabdor darajasiga chiqishi, zamonaning zo‘ri – xon bilan kurashga kirishi,
741
Ra’no bilan bog‘liq ishqiy holatlarning romantik tasviri asarning realistik
qimmatini zarracha bo‘lsin tushirmaydi, aksincha romanning o‘qishliligini
ta’minlaydi. Shuning uchun asarda romantik syujet tug‘diradigan ko‘tarinkilik va
shiddatning paydo bo‘lmasligi, hikoyaning sodda va ravon tusda,
ortiqcha
ehtiroslarga berilmasdan va o‘quvchini ham hayajonli vaziyatga tushirmasdan
davom etishi oldimizda sof romantik xarakterdagi asar emas, o‘zgacha bir badiiyat
dunyosi turganini isbotlaydi.
Voqeaning o‘quvchi ko‘nglida tug‘diradigan shiddatini pasaytirish,
romantika unsurlarining ahamiyatini ozaytirish uchun yozuvchi juda oddiy va ko‘p
marta sinalgan yo‘ldan boradi: voqeani boshlab qo‘yadi-yu, darhol o‘quvchini
undan chalg‘itadigan tafsilotlar bilan tanishtiradi. Solih maxdumning xarakterini
ta’riflaydi, xasisligining sabablarini tushuntirishga harakat qiladi, oila a’zolari
bilan tanishtiradi, Nigor oyim va Ra’nolarning xarakteristikasini yozadi,
portretlarini chizadi. Bu tafsilotlar o‘quvchining estetik zavqlanishiga ta’sir qilishi
bilan birga voqealarni to‘ldirib ham boradi. Xonlik tuzumining xarakteri haqidagi
epizodlar ijtimoiy muhit kartinasini yaratadi. Solih maxdum,
Nigor oyim, Ra’no
portretlari esa, ular voqeaning doimiy ishtirokchisi bo‘lgani uchun avvaldan
ta’kidlab qo‘yiladi, ortiqcha savollar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Romon syujetini so‘zlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, ko‘pchilik bu tarixiy
roman va uning filmi bilan tanish. O‘qishni boshlashingiz bilanoq, Ra’noning otasi
Solih maxdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O‘ta razil,
qurumsoq, qo‘l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo‘la turib, har kuni qattiq non
yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz. Solih maxdum
obrazi romandagi eng pishiq ishlangan obraz ekanligi ma’lum [2]. U kitobxonni
ham juda qiziqtiradi, ham ko‘p mushohadaga chorlaydi. Maxdum qat’iy “ramka”ga
solinadigan qahramon emas. Zero, Solih maxdum inson tabiatidagi kamchilik va
chirkindan chirkin illatlarniginamas, ichki murakkablik, ishonish qiyin bo‘lgan
nafsoniy evrilishlarni ham ochib beradigan serqirra bir obrazdir. Romanda muallif
yengil
hazil-muoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih
maxdum tabiatiga xos “maqtab bo‘lmaydigan” xususiyatlarni batafsil ko‘rsatadi.
Bunday xususiyatlarning tashqi va ichki ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni
paytda maxdumning “hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik” fazilatlarini ham
ta’kidlaydi:
Dostları ilə paylaş: