ASOSIY QISM Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) asoslari. Bugungi
kunda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) oʻta zarur ehtiyojga
aylandi. Tabiiy tilning qayta ishlanishi natijasida raqamli
texnologiyalar elektron va ogʻzaki matnlarni tinglaydi,
aniqlaydi va tushunadi (1-rasm).
1-rasm.
NLP
Tilning ijtimoiyligi, an’anaviy va amaliy tilshunoslik
sohalarida til me’yorlari mukammal ravishda ishlab
chiqilmaganligi natijasida formal tilni yaratishda kutilgan
natijaga erishilgani yoʻq. Bu borada asosiy muammo
axborotning turlicha idrok yoxud talqin qilinishi sanaladi.
Masalan, quyidagi jumlani ko`rib chiqamiz:
1-Misol: Yuqorida koʻrsatilgan jumlaning ba’zi talqinlari:
•
Tepadada bir kishi bor, men uni teleskopim bilan kuzatdim. •
Tepada bir kishi bor va uning teleskopi ham bor. •
Men tepalikdaman va teleskopimdan foydalanayotgan odamni koʻrdim. •
Men tepalikdaman va teleskopga ega boʻlgan odamni koʻrdim. •
Tepada bir kishi bor, men uni teleskopim bilan nimanidir koʻrdim. 2-Misol: Yuqoridagi gapda “ot” shakldosh soʻzining ikki
turkum (1-si ot turkumi, 2-si fe’l turkumi)ga oid shakli
qoʻllangan va ularning birinchisi
hayvon nomi , ikkinchisi
harakatni (uloqtirish; kontekstual ma’nosi
yoʻqotish )ni
ifodalab kelmoqda. Demak, yuqoridagi misollardan koʻrinib
turibdiki, tilni qayta ishlash “deterministik
” xarakterga ega
emas, ya’ni tilda bir jumla yagona ma’noni ifodalab kelmaydi,
bir soʻz bitta semantikada boʻlmaydi. Chunki nutqiy vaziyat,
kognitiv idrok turli interpretatsiyaning yuzaga kelishiga omil
boʻladi. Shuningdek, tildagi aksariyat soʻzlarning koʻp ma’no
va konnotativ ma’noga egaligi, omonim va polifunksionalligi
turli lingvistik muammolarni yuzaga keltiradi. Shu bois tabiiy
tilni qayta ishlash (NLP) deterministik boʻlmagan
yondashuvga ega. Boshqacha qilib aytganda, tabiiy tilni qayta
ishlash yordamida turli vaziyatlarda tilni tushunishni va
gaplarni toʻgʻri talqin qilishni biladigan