O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 249 -
Kompyuterlar kundalik turmushning ajralmas boʻlib,
jadvalli / elektron ma’lumotlar
bilan ishlashda juda qulay
texnik vositasi hisoblanadi. Biroq,
odamlar odatda jadvallar
shaklida emas, balki soʻzlar
va jumlalar bilan muloqot
qilishadi. Odamlar gapiradigan yoki yozadigan koʻplab
ma’lumotlar muvaqqat tuzilish (struktura)ga ega emas.
Shuning
uchun
kompyuterlar
uchun
ushbu
turdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini yaratish taqozo etiladi.
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)dan
maqsad kompyuterlarga
strukturlangan matnni tushuntirish va undan mazmunni olishni
oʻrgatishdan iborat. Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sun’iy
intellektning kichik sohasi boʻlib, uning maqsadi kompyuterlar
va odamlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni oʻrnatishdan iborat.
Tabiiy tilni qayta ishlashga oid
masalalarni yechish uchun
Python dasturlash tilida yaratilgan
NLTK
kutubxonasi yuklab
olinishi talab etiladi [3-7].
NLP yoʻnalishlari [6]
•
Mashina tarjimasi (Machine Translation)
•
Nutqni tanish (Speech Recognition)
•
Kayfiyat / tuygʻularni tahlil qilish (Sentiment
Analysis)
•
Savollarga javob berish (Question Answering)
•
Matnni referatlash (Summarization of Text)
•
Chatbot (Chatbot)
•
Intellektual tizimlar (Intelligent Systems)
•
Matn tasniflari (Text Classifications)
•
Belgilarni aniqlash (Character Recognition)
•
Imlo tekshiruvi (Spell Checking)
•
Spamni aniqlash (Spam Detection)
•
(Matnni) Avtomatik toʻldirish (Autocomplete)
•
Nomga ega obyektni aniqlash (Named
Entity
Recognition)
•
Taklifli terish (Predictive Typing)
Dostları ilə paylaş: