ijodkorlariga bog‘liq. Odatda biron bir kodlash usuli ma’lum
bir tipdagi
kompyuter(dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu tipdagi
kompyuter takomillashsa kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi.
Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki OS tarkibidagi
berilganlarga ishlov
beruvchi dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur,
arifmetik konstanta,
berilganlar majmuasi(matn) va h.k.z kerakli usulda taxlil qilib ko‘zda tutilgan ishni
bajaradi.
Virtual xotirani boshqarish.
OS tarkibiga virtual xotiraga ishlov beruvchi
dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin(tasavvur) qilinadigan xotira. Virtal
xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko‘p bo‘ladi.
Bunday usulni tanlab olish
sabablari birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlash bo‘lsa, ikkinchidan real
operativ xotiraning tan narxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o‘tish
kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov
berishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil
qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi uchun o‘z manzili
mavjud bo‘ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko‘rinishi va yozilishi har
bir varaq uchun bir xil bo‘ladi. Virtual xotiraning
real adresi hisoblanganda
varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsiyenti qo‘shiladi. Shu sababli manzillar
chalkashligi oldi olinadi. Ya’ni, agarda biz bir necha nomdagi ko‘chani qarasak
har bir ko‘chada 13- uy mavjud bo‘lsa, har bir 13- uy manzili turli bo‘ladi, chunki
ko‘chalar nomi turli.
Dostları ilə paylaş: