Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Operatsion tizimning qo‘shimcha funksiyalari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Operatsion tizimning qo‘shimcha funksiyalari.
Berilganlarga ishlov 
berish. Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko‘rinishda saqlanadi. Bular 
avvaldan kelishilgan holda bo‘ladi. Masalan: dastur saqlanish prinsipi bilan 
berilganlarni saqlanishi turlicha bo‘ladi, biron bir tekst redaktori yordamida 
hosil qilingan ma’lumot boshqa redaktor yordamida hosil qilingan ma’lumotning 
ichki ko‘rinishidan farq qiladi. Har bir ma’lumotning ichki tuzilishi avvaldan 
tanlab olingan kodlash usuli yordamida hosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash 
usullari turlicha. Ularni qanday ko‘rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita tizim 


ijodkorlariga bog‘liq. Odatda biron bir kodlash usuli ma’lum bir tipdagi 
kompyuter(dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu tipdagi 
kompyuter takomillashsa kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi.
Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki OS tarkibidagi berilganlarga ishlov 
beruvchi dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta
berilganlar majmuasi(matn) va h.k.z kerakli usulda taxlil qilib ko‘zda tutilgan ishni 
bajaradi.
Virtual xotirani boshqarish.
OS tarkibiga virtual xotiraga ishlov beruvchi 
dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin(tasavvur) qilinadigan xotira. Virtal 
xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday usulni tanlab olish 
sabablari birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlash bo‘lsa, ikkinchidan real 
operativ xotiraning tan narxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o‘tish 
kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov 
berishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil 
qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi uchun o‘z manzili 
mavjud bo‘ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko‘rinishi va yozilishi har 
bir varaq uchun bir xil bo‘ladi. Virtual xotiraning real adresi hisoblanganda
varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsiyenti qo‘shiladi. Shu sababli manzillar 
chalkashligi oldi olinadi. Ya’ni, agarda biz bir necha nomdagi ko‘chani qarasak 
har bir ko‘chada 13- uy mavjud bo‘lsa, har bir 13- uy manzili turli bo‘ladi, chunki 
ko‘chalar nomi turli.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin