Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Matematik taminot resurslari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Matematik taminot resurslari
- berilganlar va dastur bajarilishini nazorat 
qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat 
bo‘ladi. Bu resurslar orasida tizimli rejalashtirish, tizim kutubxonalari, fayllarni 
boshqarish va kiritish-chiqarishga xizmat qiluvchi servis dasturlar mavjud.


Kiritish va chiqarish
- bu kiritilayotgan va chiqrilayotgan berilganlarni 
ko‘chirish jarayonidir. Berilganlarni boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi.
Bular kiritish va chiqarish, filtr va kommunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar 
yordamida foydalanuvchi berilganlarni uzatishda o‘z yo‘nalishini tashkil qilishi 
mumkin. Berilganlar majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga
yo‘naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlarni tartiblash va so‘ngra 
chiqarish oqimiga yo‘naltirish mumkin.
Kiritish va chiqarish standart qurilmalari.
Odatda berilganlarni kiritish 
uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan 
so‘ng ma’lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish 
standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb hisoblanadi.
OS da nostandart bo‘lmagan qurilmalarni kiritish-chiqarish qurilmasi deb elon 
qiluvchi yo‘naltiruvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar "periferiya" 
kiritish-chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul 
qilingan deb hisoblanadi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari va dasturlari.
Kiritish va chiqarish
qurilmalari kompyuter konfiguratsiyasiga bog‘liq va ularning soni bir nechta 
bo‘lishi mumkin. Real vaqtda tizimga bog‘langan qurilma va qurilmalar soni 
kompyuterning portlari sonidan ko‘p bo‘la olmaydi. Har bir qurilmani ishga 
tushirish va u bilan berilganlarni almashish OS dasturlari yordamida amalga 
oshiriladi. Dastur odatda bevosita qurilma va uning fizik xarakteristikasini hisobga 
olgan holda yaratilgan bo‘ladi. Ayrim xollarda biron bir kiritish-chiqarish 
qurilmasi o‘rniga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlarni o‘zaro
almashish xatolikga yoki umuman berilganlarni almashmaslikka olib keladi.
Bunday holda bog‘lanish amalga oshmagani sabablaridan biri bu qurilma uchun 
qullanadigan dasturni mos kelmasligi bo‘lishi mumkin. Bunday xolda qurilmaga 
mos dasturni yuklab so‘ng undan foydalanish tafsiya qilinadi.
Filtr 
- tizimli dastur yoki buyruq bo‘lib, berilganlarni kiritish qurilmasidan 
o‘qib tartiblaydi va dastur yoki buyruqda aniqlangan qurilmalarga yo‘naltiradi.
Kommunikatsiya
- bu ikki tizimli dasturni, buyruqni, dastur va buyruqni 
yoki buyruq va dasturni birlashtirish. Bunday ko‘rinishdagi birlashtirish bir
dastur yoki buyruqning natijasini boshqa dastur yoki buyruqga kiritish
imkoniyatini beradi. Yo‘naltirilgan kiritish-chiqarish bilan kommunikatsiya 
farqi: yo‘naltirilgan kiritish-chiqarish bu berilganlarni o‘kish yoki ularni
"periferiya" qurilmasiga uzatishdir. Kommunikatsiya esa - bu tizim dasturlari va 
buyruqlari orasidagi o‘zaro berilganlarni almashishdir. Yani berilganlarni uzatish 
OS ichida amalga oshiriladi.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin