1.
Tizimli dasturiy ta’minot qanday vazifalarni bajaradi?
2.
Tizimli dasturiy ta’minotning tarkibiy qismlarini sanab bering.
3.
Asosiy dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi dasturlarni aytib bering.
4.
Xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minotning vazifasi nimalardan iborat?
5.
Operatsion tizim nima? Uning tarkibiga qanday dasturlar kiradi?
6.
Disk operatsion tizimi (MS DOS) haqida nimalarni bilasiz?
7.
OT va grafik interfeysli OTga misol keltiring.
MS DOS OPERATSION TIZIMI VA UNING BUYRUQLARINING
TAVSIFI
Operatsion tizimlarning maqsadi.
Hozirgi paytda turli xil operatsion sistemalar yaratilgan bo‘lib, ular
tuzilishiga ko‘ra har-xil vazifalarni bajaradi.
Misol uchun,
Unix
operatsion
sistemasi setlar, ya’ni tarmoqlar bilan
juda yaxshi ishlaydi lekin,
disklar bilan
ishlashda turli kamchiliklarga ega. MS DOS operatsion sistemasi esa tarmoq bilan
ishlada qiyinchilik tug‘diradi. Operatsion sistemalar (OS)
foydalanuvchi va
kompyuter orasida muloqotni amalga oshiruvchi maxsus dasturlardir.
U tezkor
xotiradan
foydalanish, disklar ustida amallar bajarish
xamda kompyuterning
boshka qurilmalari ishlarini boshqaradi.
Zamonaviy ShEHM OS turlari.
Operatsion sistemalar turli masalalar uchun mo‘ljanlangan bo‘ladi.
Hozirgi zamon operatsion sistemalari quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Kichik hajmdagi shaxsiy EHMlarga mo‘ljallangan OS (MS DOS, PC
DOS);
O‘rta hajmdagi shaxsiy EHMlarga mo‘ljallangan grafik OS (Windows,
Apple Os);
Katta hajmdagi mantiqiy tarmoqlarni boshqaruvchi OS (Windows NT,
Unix, Xenix, Oracle).
Windows operatsion sistemasi MS DOS operatsion sistemasiga nisbatan
grafik imkoniyatlari mavjudligi
uchun ancha qulaydir,
ammo Windowsdan
foydalanish uchun tezkor kompyuter va kattaroq xotira hajmi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: