Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo‘lgan
topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida
bajariladi. Jarayonni boshqarish uchun OSga boshqarish tili kiritiladi va
topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslar aniqlanadi. Odatda agar
topshiriqni boshqarish tilida ma’lum resurlar qayd etilmasa unda tizim uchun
qabul qilingan parametrlar olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon
shaxsiy kompyuterlarida tizimni tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi.
Parametrlarni tanlab olish foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga
oshiriladi. Har bir tizimni qo‘shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham
yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, funksional jixatdan bir vaqtning o‘zida
bir necha dasturning tizimda saqlanishi tizim uchun kerakli dasturning
qidirilishiga ko‘p vaqt va qo‘shimcha xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi
tizim uchun bevosita zarur bo‘lmagan dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib
keladi. Dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxasis bo‘lmagan foydalanuvchi uchun
topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish va unga o‘zgartishlar kiritish tafsiya
qilinmaydi.
Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek resurslar fizik va dasturiy
bo‘ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan
topshiriqlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida
foydalanuvchining dasturi normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga
chaqiriladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma-ketlikda bajariladi.
Resurslar ishlatilishi ketma-ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturi
yordamida amalga oshiriladi.
Protsessor vaqti. Topshiriq bajarilishi uchun ketgan umumiy vaqt
protsessor va kutish vaqti majmuasidan iborat bo‘ladi. Protsessor vaqti bevosita
foydalanuvchi dasturiga ishlov beradigan vaqt bilan aniqlanadi. Qo‘shimcha vaqt
bu OS resurslariga murojaat va uni bo‘shashini kutish, muloqat, protsessorga
bog‘liq bo‘lmagan boshqa resurslarni ishlash vaqtidir. Foydalanuvchi dasturiga
ketgan umumiy vaqtga nisbatan protsessor vaqti salmog‘i har doim kam bo‘ladi.