Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
 
MAVZU:AMALIY 
DASTURIY 
TA’MINOT, 
DASTURLASH 
TEXNOLOGIYASINING USKUNAVIY VOSITALARI.
 
 
MAVZU: SISTEMAVIY DASTURIY TA’MINOT. OPERASION TIZIM VA 
ULARNING TURLARI, OPERASION TIZIMLARNING TARIXI. DOS 
OPERASION TIZIMI. 
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi 
bobda aytib o‘tgan edik. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot 
(software)lardir. 
Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik 
qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. 
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u 
ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish 
uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar qanday 
kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday 
amalga oshiriladi? 


Avvalo ular orasidagi boglanish 
interfeys
deb atalishini bilib olishimiz 
lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, 
apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa - 
dasturiy interfeys,
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish –
apparat-
dasturiy 
interfeys
deyiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. 
Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda 
bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti - 
foydalanuvchi interfeysi
deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha 
dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin: 
- Tizimli dasturiy ta’minot;
- amaliy dasturiy ta’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software) -
kompyuterning va kompyuter 
tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) -
bu aniq bir 
predmet soxasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan 
dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
- yangi dasturlarni ishlab 
chikish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, 
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), 
saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin