Nazorat va boshqaruv.
OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni
nazorat qiluvchi dastur mavjud bo‘ladi. Bu dastur
protsessorga topshirilgan
vazifani qay darajada bajarayotganligi va to‘liqligini taxlil qiladi. Har bir
boshqaruv bajarilgandan so‘ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur
uni taxlil qilib berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi
haqida xulosa qiladi
va ma’lumot boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog‘lanish.
OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas
bog‘langan. Bu bog‘lanishlar tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi bog‘lanish bevosita
OS boshqarish dasturi bilan bog‘lansa, ichki bog‘lanish real bajarilayotgan
dasturlarning ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bo‘ladi.
Bundan tashqari hodisa bog‘lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi.
Ya’ni bu holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi
va biron-bir hodisa
bajarilishi uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.
OS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi
dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
- qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
- dasturlarga parallel xizmat qilish;
- umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
- sinxron jarayonga xizmat;
- kritik resurslarni aniqlash;
- lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish;
- va h.k.
Dostları ilə paylaş: