Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Effektiv joylashtirish
. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish tizimning 
mukammal ishlashiga omil bo‘ladi. Berilganlar pog‘ana-pog‘ana joylaytiriladi.
OS shunday ko‘rilganki berilganlar bir biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda ko‘p 
ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi 
bo‘limlarda joylashtiriladi. Albatda joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi 
o‘rtasida bo‘sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida 
bo‘sh joy hosil bo‘lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning
saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni effektiv 
joylashtirish uchun shunga o‘xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
Kompyuter bilan muloqat.
OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan 
muloqat ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari foydalanuvchi ham o‘z dasturiga 
muloqatni kiritishi mumkin. Muloqat tashabbuskori tizim yoki foydalanuvchi 
bo‘lishi mumkin. Tashabbuskor tizim bo‘lganda, tizim hosil bo‘lgan holatdan 
boshqa holatga o‘tish yo‘lini foydalanuvchi tafsiyasiga asosan bajaradi. Bunday 
holatlar rejali yoki rejasiz bo‘lishi mumkin. Rejali holat tizimda ko‘zda tutilgan 
bo‘lib foydalanuvchining javobi tizim unumdorligini oshirishga olib keladi. 
Rejada ko‘zda tutilmagan muloqatda esa tizim jarayonni qay tartibda bajarishni 
"bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi 
dasturi tizimda mavjud bo‘lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori 
foydalanuvchi bo‘lganda, tizim kutish holatiga o‘tadi va foydalanuvchining 
buyrug‘iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, tizim xizmat qilayotgan dasturni 
vaqtinchalik yoki umuman to‘xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini taminlash.
Kompyuterning qurilmalari 
normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr 
manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Bu shart 
sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug‘ri 
ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug‘ri ishlashi natijasida paydo
bo‘ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo‘lib zaruriyat tug‘ilganda 
tizim tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo‘lgan xatolikka ishlov beradi. 
Bundan tashqari dasturiy resurslar noto‘g‘ri ishlashi natijasida xatolik vujudga
keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri 
ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday 
uslublardan biri quyidagicha. OS tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur 
berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so‘ng tekshiriladi. Shu 
dastur kodlari yig‘indisi tekshiriladi, agarda hosil bo‘lgan kod avvaldan shu 
dastur uchun aniqlangan kodga teng bo‘lsa, u holda dastur tug‘ri ishlaydi yoki 
ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun 
yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun 
dasturning oxirgi buyrug‘idan keyin nol kodiga to‘ldiruvchi bo‘lgan kod tanlanadi
va bu kodni dastur kodlari bilan yig‘indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi 
natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati
o‘zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig‘indida boshqa kod hosil qiladi. Bu 


holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish uchun OS tarkibiga maxsus dasturlar 
kiritiladi.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin