Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli
bo‘lmasa tizim bunday dasturni blokirovka qilib qo‘yadi. Yani bunda dasturga
nisbatan tizim holati aniqlanmagan hisoblanadi. Odatda bunday holatda tizim
foydalanuvchining aralashuvini talab qiladi.
Masalaning bog‘lanishini boshqarish ( ketma-ket, parallel). Masala OS
resurlari bilan ketma-ket yoki parallel bog‘lanishi mumkin. Bunday bog‘lanish
asosan resurslarning jarayonga xizmat qilish tezligiga bog‘liq. Agar resurslarning
xizmat qilish tezligi bir hil bo‘lsa, resurslar xizmatga ketma-ket chaqiriladi.
Agarda talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bo‘lsa va u mustaqil o‘zi masalaga
xizmat qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan
keyingi resurs aktiv holatga o‘tadi va h.k.z. Shu bilan birga masala uchun bir
necha resurs parallel xizmat qiladi. OS tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlarni
parallel va ketma-ket bo‘lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi.
Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda
faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalarning bunday ko‘rinishda
ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol
yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko‘p bo‘lsa ayniqsa sezilarlidir. Tezkor
qurilmalar, foydalanuvchi uchun, OS ning fayllarni boshqarish dasturi yordamida
taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez
ishlashi va kiritish-chiqarish so‘roviga ketgan vaqtini inobatga olsak umumiy
jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo‘ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy tasir
ko‘rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish-chiqarish qurilmalarining sekin
ishlashidir. OS kompyuter unumdorligini oshirish uchun
spuling mexanizmini
ishga soladi. Spuling – kiritish-chiqarishga mo‘ljallangan berilganlarni avtomatik
tarzda diskga yozib qo‘yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma
tayyor bo‘lganda qo‘yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.