Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Vaqtni taqsimlash
- bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga xizmat 
qilish mumkin va foydalanuvchiga o‘z masalasi bilan muloqat qilish imkonini 
beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, protsessor vaqti va boshqa resurslarni turli 
foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan 
erishiladi. OS kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi 
va har biriga navbat asosida protsessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. 
Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng OS uni navbatning oxiriga olib borib
qo‘yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.z. Har bir masalaga xizmat qilish 
vaqti OS parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi OS ni tashkil qilish 
jarayonida bu vaqt birligini o‘zgartirishi mumkin.
Real vaqt
- tizim berilgan real vaqt oralig‘ida topshiriqni bajarilishini 
ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o‘tishiga 
ham ohang bo‘lishi kerak. Kompyuter bunday OS bilan odatda bir dasturli rejimda 
ishlaydi.
Muloqat operatsion tizimi
- yakka foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib kompyuter bilan muloqatning qulay ko‘rinishini ta’minlaydi. OS odatda bir 
dasturli rejimda ishlaydi.
Uzilishga ishlov
beruvchi modul OS tarkibiga kiritilgan asosiy 
modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi.
Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter 
bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism 
dasturlardan iborat bo‘lib fayl tizimi ishlashini, disk bilan berilganlarni 
almashishni va shu bilan birga maxsus holatlarni taxlil qilishni ta’minlaydi. 
Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov 
beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni taxlil qiladi va holatni 
ko‘rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil qiladi.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin