Himoya . OS bajarilayotgan masalalarni o‘zaro bir biriga
tasiridan himoyalash kerak.
3.
Bashorat. OS foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi
kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan
bo‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo‘lishi
kerak.
4.
Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni
aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir.
Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loihalash kerak.
5.
Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal
holda tizim resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning o‘zi
esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS
tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6.
Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi
mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish
maqsadida ko‘paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.
7.
Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va
dasturiy resurslar qo‘shilishi mumkin.
8.
Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir
bo‘ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi
tizim haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bu holatda interfeys tizimida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va
o‘zaro bog‘liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.
Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi bu resurslar tahsimoti va
kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar
tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi
mumkin: bir dasturli; ko‘p dasturli; ko‘p masalali.